Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipi

Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipi

O'quvchilarga / Pedagogika
Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipi - rasmi

Material tavsifi

Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipi Reja: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ta'lim va tarbiya jarayonlarining asosiy qonun hujjati sifatida. Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipi Konstitutsiya va qonunlar ustunligining ta'minlanishi huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri bo'lib, u O'zbekistonda davlat-huquqiy qurilishining eng asosiy prinsipi hamdir. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi prinsipi shuni anglatadiki, - deydi Prezidentimiz I.A.Karimov, bunda barcha joriy qonunlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida, unga muvofiq bo'lishi talab etiladi. Ulug' bobokalonimiz Amir Temur aytganidek: Qaerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo'ladi. O'zbekiston Konstitutsiyasida Konstitutsiya davlatimizning eng Asosiy Qonuni ekanligi, u boshqa barcha qonunlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlardan yuqori turishi quyidagicha belgilangan: O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar (15-modda). O'zbekistonda Konstitutsiya va qonunlar oldida hamma teng darajada mas'uliyatga ega bo'lib, qonunlar ham o'z navbatida barchaga barobardir. Konstitutsiyaning 15-moddasi ikkinchi qismida davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar, deb ko'rsatilgan. Davlat, uning organlari, jamoat birlashmalari Konstitutsiya va tegishli maxsus qonunlar asosida tashkil qilinadi va faoliyat yuritadi. Ular Konstitutsiya va maxsus qonunlarda belgilangan vakolatlarnigina amalga oshiradilar. Mansabdor shaxslar va fuqarolar ham Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar. Yuqoridagilarning birontasi ham Konstitutsiya va qonunlardan tashqari ish ko'rishga haqli emas. Zero, Konstitutsiya va qonunlardan chetlab o'tish, ularning talablarini buzish g'ayriqonuniy xatti-harakat hisoblanadi. Bunday harakatlar uchun esa maxsus qonunlarda tegishlicha javobgarliklar o'rnatilgan, sanksiyalar belgilangan. Demokratik huquqiy davlatda Konstitutsiya va qonunlarga og'ishmay amal qilish talabi bilan bir qatorda Konstitutsiyaning birorta qoidasi O'zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar etkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emasligi ham o'rnatilgan bo'ladi. O'zbekiston Konstitutsiyasining birorta qoidasi O'zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar etkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas (16-modda). O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining Konstitutsiyaviy asoslari va prinsiplari. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari Konstitutsiyaning 17-moddasida o'zining qonuniy aksini topgan. Asosiy Qonunimizning 17-moddasida shunday deyilgan: O'zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to'la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum etirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo'stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin. Tashqi siyosat tushunchasi davlatning xalqaro ishlardagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.9 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.9 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga