Ko'rishida nuqsoni bo'lgan shaxslarning xotira xususiyatlari

Ko'rishida nuqsoni bo'lgan shaxslarning xotira xususiyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ko'rishida nuqsoni bo'lgan shaxslarning xotira xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Ko'rishida nuqsoni bo'lgan shaxslarning xotira xususiyatlari Reja: Ko'r va zaif ko'ruvchi shaxslarning tafakkuri Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar bilish jarayonlari Eshitishda nuqsoni mavjud bolalarning tasavvur va uning xususiyatlari Ko'rishida nuqsoni bo'lgan shaxslarning xotira xususiyatlari Xotira, xotirot, esda saqlash, esga tushurish, unutish bu so'zlar, jumlalar mohiyatining inson hayotida tutgan o'rnini, ahamiyatini oddiy tilda, bir og'iz so'z bilan tushuntirib bo'lmas negaki, bu masalani, xotira deb atalmish - fenomenni oddiy tushuntirish bilan maqsadga erishib bo'lmaydi. Bu muammo atrofida buyuk shaxslar necha bor qalam tebratganlar, tebratmoqdalar va yana uzoq vaqtlar qalam tebratishlari haqiqat. Qaysi bir alloma, «xotiradan ajralgan inson abadiy «chaqaloqdir» degan, qaysi bir donishmand esa xotirani «oppoq taxtaga» qiyoslagan, yana bir ruhiyat mutaxassisi esa, xotirani «ruhiyatning ustuni» deb ta'riflagan. Ko'rinib turibdiki, xotira-oddiy, sodda, yuzaki, ikkinchi darajali ruhiy jarayon emas ekan. Shu bois, bu masalaga jiddiy yondoshish talab etiladi. Xotira keng qamrovli muammolar, jarayonlar qatoriga kiritilar ekan, demak uni o'rganish, talqin etish va u haqda malum mushohada qilishning o'zi oson kechmaydi. Xotiraga turli tomonlardan yondoshib o'rganish maqsadga muvofiq deb bilamiz. Xotiraning turlari, jarayonlari mavjud. Shuni etirof etmok, joizki, xotira ham turli manbalarda turli ko'rinishlarda, shakllarda, xususiyatlarda bayon etiladi. Xotirani turlarga bo'lish masalasini osonlashtirish maqsadida «nimani eslash, qanday eslash va qancha muddatga eslashga» ko'ra xotirani turlarga bo'lsak, bolada, o'rganuvchida yaxlit va bir butun tushuncha paydo bo'ladi deb umid qilamiz. Demak, xotira nima eslanishiga ko'ra: harakat, hissiy, obrazli va so'zli turlarga bo'linadi. Qanday eslanishiga ko'ra, xohlabmi, tasodifanmi, demak irodaning aralashuviga ko'ra ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga ajratiladi. Materialning qancha muddatga eslanishiga ko'ra esa: qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira turlariga bo'linadi. Xotira haqida umumiy ma'lumotlarni berdik. Endi esa ko'rish qobiliyati buzilgan bola va katta kishilarda xotira qanday kechadi? Rivojlanadi? o'ziga xos tomonlari qanday? kamchilik, yetishmovchiliklarni qay yo'sinda to'g'rilash, korrektsiyalash mumkinligi haqida mulohaza yuritamiz. Takidlanishicha, inson bilimlarning 80% qismini ko'rish azosi orqali olar ekan. Qolganlarini esa eshitish va boshqa sezgi a'zolarimiz orqali qabul qilar ekanmiz. Qo'rlik muammosining naqadar jiddiyligi shundan ko'rinib turadi. Xotira: eslash, esda olib qolish, unutish, bilish, qayta esga tushirish jarayonlari kishining ijtimoiy mehnat faoliyatining asosini tashkil etadi. Maxsus psixologiya fanida qilingan va qilinayotgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha, ko'rlarda xotira normal ko'ruvchi shaxslar xotirasidan nafaqat hajmi jihatidan, balki o'ziga xos ko'rinishlari, rivojlanish xususiyatlari bilan ham ajralib turar ekan. Ko'rish analizatorining zararlanishi shartli bog'lanishlarning yuzaga kelishiga, differentsirlashishiga halaqit berar ekan. Buning uchun ko'p hajmli mustahkamlash ishlari olib borish talab etiladi. Demak ko'rlik nuqsoni qo'zg'alish va tormozlanish deb nomlangan asab jarayonlarining mutanosibligini ham buzar ekan. Buning oqibatida, xotira tezligi pasayadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.65 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.65 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga