Logopedik o'yin kursining umumiy masalalari bola shaxsini rivojlanishida o'yinning ahamiyati Reja: 1. Logopedik o'yin fanining maqsadi. Bolalarning ta'limiy, tarbiyaviy, korreksion rivojlanishida o'yinning ahamiyati. 2. O'yin turlari. Logopedik o'yin fanining maqsadi. Bolalarning ta'limiy, tarbiyaviy, korreksion rivojlanishida o'yinning ahamiyati. Aytib o'tish joizki, mustaqillikka erishilishi bilanoq, hukumatimiz tomonidan o'sib ulg'ayayotgan bolajonlarimizning ma'naviy axloqiy tarbiyasiga, uni amalga oshirishda asosiy omillardan sanaluvchi til o'qitish masalalariga kuchli e'tibor qaratib kelinmoqda. Bunday diqqat e'tibor ona tilini o'rganish va o'qitish o'zligimizni anglash, uning ertangi kunimiz poydevori bo'lgan yoshlarimizni munosib tarzda tarbiyalab, voyaga yetkazishning muhim vositasi ekanligini chuqur tushunish bilan asoslanadi. Ma'lumki, til vositasida inson muloqotga kirishadi - fikr almashadi, axborot oladi, bilim, ko'nikma va malakalarni egallaydi. Jamiyatda tilni o'zlashtirish jarayoni kishilarning o'zaro nutqiy faoliyati (kommunikatsiyasi) sharoitida amalga oshadi. Nutqi o'z yoshiga nisbatan qo'yilgan talablar darajasida rivojlangan bola atrofdagilar bilan tez va yengil muloqotga kirishadi, o'z istak va fikrini tushunarli qilib ifoda eta oladi, maktabda muvaffaqiyatli o'qib ketishi uchun zarur bo'lgan ko'nikma va malakalarni egallaydi. Shu jihatdan qaraganda, maktabgacha yosh davrida bola nutqini tizimli rivojlantirish jamiyat ahamiyatiga ega bo'lgan vazifalardan biri sanaladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning asosiy faoliyati o'yindir. U orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O'yin bolaning kelajakdagi o'quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatining qay darajada shakllanib borishini belgilaydi. O'yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san'atshunos olimlar diqqatini o'ziga tortib kelgan. O'yin bolalar uchun haqiqiy hayotdir. A.P.Usova shunday degan edi Bolalar hayoti va faoliyatini to'g'ri tashkil etish - ularni tarbiyalash demakdir. Bolalarning tarbiyalanishining o'yin shakli shuning uchun ham samarali natija beradiki, o'yinda bola yashashni o'rganmaydi, balki o'z hayoti bilan yashaydi. O'yin faoliyatidan ko'p qirrali va keng foydalanish, o'yin orqali bolaga har tomonlama ta'sir etishdir. O'yin bolalar yoshiga xos va mos bo'lishi kerak. Y.A. Kamenskiy., E.A.Polkov o'z asarlarida bolalar o'yiniga jiddiy e'tibor berilganligini ko'ramiz. U bolalar o'yinini e'zozlang, haqiqiy mehnatsevarlarni tarbiyalashda u sizning eng yaxshi hamqoringizdir- degan fikrlarni bildirgan. O'yinda yosh organizmga xos bo'lgan talab va ehtiyojlar qondiriladi, hayotiy faollik ortadi, birdamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalash tizimida o'yin munosib o'rin egallaydi. Atoqli pedagog va shifokor YE.A.Arkin o'yin ruhiy vitamin deb bekorga aytmagan. A.V.Zaporojets bolalar o'yinining ilk yoshdan boshlab kuzatib borish natijasida uni harakatga keltiruvchi sabablar, rivojlanish qonuniyatlari, har xil yosh bosqichlarida bolalar o'yinining o'ziga xos tomonlari, mazmuni va tuzilishini o'rganish zarurligini ta'kidlaydi. Ilk yoshli bolalar o'yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o'yin bo'lib, u narsa-buyum-o'yin faoliyatidir. Uning mazmuni qo'lning murakkab va nozik harakatlaridir. Keyingi bosqich aks ettirish o'yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o'yini psixologik ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.35 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.35 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:16 ]
Arxiv ichida: doc