Logopedik ritmikaning obyekti predmeti va vazifalari musiqali ritmik tarbiya tizimi Reja: Logopedik ritmikaning predmeti Logopedik ritmikaning obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari Logopedik ritmikaning asosiy tushunchalari Logopedik ritmikaning predmeti Logopedik ritmika faol terapiyaning o'ziga xos shakllaridan bo'lib, o'quv fani va uslubining majmuiga ta'sir vositasi hisoblanadi. Logopedik ritmikaning dastlabki tushunchasi so'z, musiqa va harakatning uyg'unlashuviga asoslangan. Ko'rsatilgan komponentlarning o'zaro munosabati ulardan birining yoki ular orasidagi aloqaning ustunligi bilan turli-tuman bo'lishi mumkin. Logopedik ritmikaning ikkinchi tushunchasi uning istalgan reabilitatsion uslubiga tarbiya, ta'lim va turlicha anomaliyali rivojlanish hamda nutq buzilishi bo'lgan odamlarni davolashni kiritishni shart qilib qo'yadi. Logopedik ritmika o'quv fani sifatida talabalarning bilimini korreksion ishlar uslubi bilan boyitadi. Logopedik ritmikaning obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari Logopedik ritmikaning obyekti nutqiy nuqson, nutqida patologiyasi bo'lgan shaxslarda nutqiy buzilishlar va nutqqa taalluqli bo'lmagan psixik funksiyalar tuzilmalari hisoblanadi. Predmeti - psixomotorli, sensor funksiyalar va harakat tizimining turli-tuman buzilishlarini musiqa hamda so'z bilan uyqunlashtirish. Maqsadi - nutqiy buzilishlarni nutqiy va nutqiy bo'lmagan psixik funksiyalar va yakuniy natijada insonning tashqi va ichki muqitga moslashuvini korrektsiya qilish hamda rivojlantirish yo'li bilan bartaraf etish. Logopedik ritmikaning vazifalari sog'lomlashtiruvchi, ta'limiy (anglash), tarbiyalovchi, korrektsiyalovchi sifatida belgilanadi. Nutqida buzilishi bo'lgan odamlarda sog'lomlashtiruvchi vazifani qal qilish natijasida suyak-muskul apparatlari mustaqkamlanadi, nafas olish, motor, sensor funksiyalar rivojlanadi, muvozanat tuyg'usi, to'g'ri qad-qomat, qadam tashlash, chiroyli harakat tarbiyalanadi. ta'lim beruvchi vazifaning amalga oshirilishi harakat malakasi va ko'nikmasining shakllanishiga, makon tasavvurlari va qobiliyati ixtiyoriy ravishda borliqda boshqa odamlar va predmetlarga nisbatan siljish, epchillik, kuch, chidamlilik, bir harakatdan boshqasiga o'tish, harakatlarning uyqunlashuvi, tashkilotchilik qobiliyatining rivojlanishiga imkon beradi. ta'limiy vazifalarni amalga oshirishda nutqiy patologiyasi bo'lgan odamlar metroritmika, musiqiy madaniyat, musiqiy idrok va ta'sirchanlik sohasidagi nazariy bilimlarni o'zlashtiradilar. Tarbiyaviy vazifalarni qal qilish nutqiy patologiyasi bo'lgan odamlarda aqliy, ma'naviy, estetik va meqnat tarbiyasida yordam ko'rsatadi. Tarbiyaviy vazifalarni xal qilish aynan quyidagilarga ko'maklashadi: Ohangni sezish, musiqada, harakatda va nutqda ohang ta'sirchanligini his qilish qobiliyatini rivojlantirish; musiqiy obrazlar va malakani ushbu obraz bilan mos ravishda ohangli, ta'sirchan harakatlantira olish qobiliyatini rivojlantirish, yani yangicha shakl olishni uddalash, badiiy-ijodiy qobiliyatni ko'rsata olish; ijobiy shaxsiy sifatlar, jamoatchilik tuyg'usi, turli faoliyat turlarining qoidalarini o'rganish va boshqalarni tarbiyalash. Mashg'ulotlarning korreksion yo'nalishi nutqiy buzilishlar mexanizmi va tuzilmalarini, logopedik ishning bosqichliligi va majmuaviyligini hisobga olishni shart qilib qo'yadi. Logoped patsientning yoshi va shaxsiy xususiyatlarini, uning harakat tizimi qolatini, nutqiy va nutqiy bo'lmagan jarayonlarning buzilish xarakteri va darajasini: praksis, gnozis jarayoni, eshitish va ko'rish idroki, diqqati, xotirasi va q.k. larni inobatga oladi. Bu barcha topshiriqlar maxsus muassasa turiga boqliq: nutqiy bolalar boqchasi; ommaviy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
140.07 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:16
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
140.07 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:16 ]
Arxiv ichida: docx