Logopediya fanining metodologik asoslari

Logopediya fanining metodologik asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Logopediya fanining metodologik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Logopediya fanining metodologik asoslari Reja: Logopediya fanining metodologik asoslari. Fan sifatida logopediyaning tamoyil va metodlari Logopedning shaxsi Nutq faoliyatining umumiy patologiyasi. Nutq faoliyatining xususiy patologiyasi Logopediya fanining metodologik asoslari Nutq buzilishini o'rganishda va tuzatishda logopediya fani nutq va fikrning o'zaro bog'liqligi haqidagi, anomal bolaning rivojlanishidagi umumiy va maxsus qonuniyatlarning o'zaro munosabatlari to'g'risidagi nazariy qoidalarga, nutq va faoliyatning hamkorlikda rivojlanishi haqidagi, ichki va tashqi omillarning o'zaro ta'siri haqidagi, ruhiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari haqidagi nazariyaga tayanadi. Nutq buzilishlari va ularni tuzatishdagi muhim muammolarni hal qilish maqsadida logopediya fani materialistik, metodologiyaga tayanuvchi tamoyil va metodlardan foydalaniladi. Shundan kelib chiqib, logopediya quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi: sistemalilik, komplekslilik, rivojlanish tamoyilini, nutq buzilishini bolaning psixik rivojlanishidagi boshqa tomonlari bilan o'zaro bog'liq holda qarab chiqish, faoliyatli yondashuv, ontogenetik tamoyil, etiologiya va mexanizmlarni hisobga olish tamoyili (yetiopatogenetik tamoyil), nuqsonli nutqning buzilish alomatlari va tuzilishini hisobga olish, umumdidaktik va boshqa tamoyillar. Ulardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz. Sistemalilik tamoyili til haqida murakkab funksional sistema to'g'risidagi tushunchaga tayanadi. Uning tuzilish komponentlari o'zaro chambarchas aloqada bo'ladi. Shu munosabat bilan nutqni, uning rivojlanishi jarayonlarini va buzilishini tuzatishni o'rganish nutq qurilishi tizimining barcha komponentlariga, barcha tomonlariga ta'sir etishini nazarda tutadi. Nutq buzilishlarining o'xshash turlarini logopedik xulosalash, tabaqalashtirib tashxis qilish uchun nutqli va nutqsiz belgilarni, tibbiy, psixologik, logopedik jihatdan tekshirish natijalarini, bilish faoliyatining rivojlanish darajasini va nutq rivojlanishi nisbatlarini, nutq holati va bolaning sensomotor rivojlanishidagi muhim jihatlarini tuzatish nuqtayi nazaridan tahlil qilish zarur bo'ladi. Bunday hollarda nutq buzilishlarini tuzatish kompleksi, tibbiy-psixologik-pedagogik xususiyatga ega bo'lishi kerak. Shunday qilib, nutq buzilishlarini o'rganish va tuzatishda komplekslilik tamoyili muhim o'rin tutadi. Nutq buzilishlarini o'rganish va ularni tuzatish jarayonida anomal bolalar rivojlanishining umumiy va o'ziga xos qonuniyatlarini hisobga olish muhimdir. Rivojlanish tamoyili, Shuningdek, bolaning yaqin rivojlanishi doirasida o'rin olgan ma'lum vazifalar, qiyinchiliklar bosqichlarini logopedik ish jarayoniga ajratishni ham ko'zda tutadi. Nutqi buzilgan bolalarni va ularni tekshirish, Shuningdek, ular bilan olib boriladigan logopedik ishni tashkil qilish bolaning yetakchi faoliyatlarini (predmetli-amaliy, o'yin, tashkiliy) hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Tuzatish - logopedik ta'sir metodikasini ishlab chiqish nutq shakllari va vazifalari namoyon bo'lish izchilligini, Shuningdek, bolaning ontogenezidagi (ontogenetik tamoyil) faoliyat turlarini hisobga olgan holda olib boriladi. Nutq buzilishlarining paydo bo'lishi ko'p hollarda biologik va ijtimoiy omillarning o'zaro murakkab ta'siri bilan bog'langan bo'ladi. Nutq buzilishlarini samarali logopedik tuzatish uchun buzilishning har bir alohida holda buzilish etiologiyasi, mexanizmlari, alomatlarini aniqlash, yetakchi buzilishlarni ajratib ko'rsatish, nuqson tuzilishidagi nutqiy va nutqsiz belgilarning o'zaro munosabatlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Nutq buzilishlarini o'rganish va tuzatishda didaktik tamoyillar: ko'rgazmalilik, tushunarlilik, onglilik, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 47.82 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:16 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 47.82 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga