Logopediya fanining umumiy masalalari nutq faoliyatining umumiy patologiyasi Reja: 1. Logopediya fanining maqsadi, vazifalari 2. Logopediyaning boshqa fanlar bilan aloqasi Logopediya fanining maqsadi, vazifalari Logopediya bu - nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta'lim va tarbiya vositasida nutq buzilishlarini o'rganish, tuzatish va oldini olish haqidagi pedagogik fandir. Logopediya nutq faoliyati buzilishining sabablari, mexanizmlari, alomatlari, oqimlari tarkibini o'rganadi. Shuning uchun uni maxsus pedagogika sirasiga qo'shadilar. «Logopediya» termini grekcha logos (so'z, nutq), peydeo (tarbiyalayman, o'qitaman) so'zlardan tashkil topgan bo'lib, tarjimada to'g'ri «nutqni tarbiyalash» manosini anglatadi. Fan sifatida logopediya nutq nuqsonini tuzatish, nutqiy faoliyati zaiflashgan shaxslarni o'qitish va tarbiyalash jarayoni hisoblanadi. Logopediyani o'rganish obyekti - nutq nuqsoniga ega bo'lgan shaxs. Adabiy tilda qabul qilingan nutq normasidan biroz bo'lsa ham chetga chiqish - bu nutq nuqsoni deb hisoblanadi. Zamonaviy logopediya strukturasi maktabgacha yoshli, maktab bolalar logopediyasi, o'smirlar va katta yoshdagilar logopediyasiga bo'linadi. Logopediyaning asosiy maqsadi nutqida nuqsoni bor shaxslarni o'qitish, tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish, Shuningdek, nutq nuqsonining oldini olishdan iboratdir. Logopediya fani optimizm va chuqur insonparvarlik bilan yo'g'rilgandir. U nutqida nuqsoni bor bolalarning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib beradi. I.P. Pavlovning birinchi va ikkinchi signal sistemalari orasidagi o'zaro ta'sir haqidagi, shartli reflektorlik aloqalarining shakllanish qoidalari haqidagi nazariyalari, P.K. Anoxinning funksional tizimlar haqidagi ta'limoti, ruhiy funksiyalarni dinamik tarzda cheklash haqidagi ta'limot (I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, A.R. Luriya) va nutq faoliyatining zamonaviy neyropsixolingvistik nazariyalari haqidagi ta'limot logopediyaning tabiiy-ilmiy, psixofiziologik asosidir. I.P. Pavlov ta'limotiga muvofiq nuqt bosh miyaning murakkab psixologik funksiyasini, uning ikkinchi signal tizimini o'zida namoyon etadi. Bu esa signallarning signali sanaladi. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari bir-biri bilan uzviy bog'langandir. Ikkinchi signal tizimi birinchi tizim asosida shakllanadi. Ammo keyinchalik ikkinchi signal tizimining birinchi signal tizimiga tartibga soluvchi ta'siri namoyon bo'ladi. So'z alohida xususiyatning signali, umumlashtirish, mavhumlashtirish qurolidir. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari orasidagi o'zaro murakkab aloqalarni hisobga olish nutq buzilishini tuzatish, buzilgan nutq va nutqsiz funksiyalarning o'rnini bosish ustida samarali logopedik ish olib borish uchun imkoniyat yaratadi. Logopediya fanining quyidagi vazifalarini ajratib ko'rsatish mumkin: Nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyatining ontogenezini o'rganish. Nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, alomatlari va darajalarini aniqlash. Nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning o'z-o'zidan va biror maqsadga qaratilgan rivojlanish dinamikasini, Shuningdek, nutqiy zaiflikni ularning shaxs sifatida etishuviga, ruhiy rivojlanishiga, turli ko'rinishdagi faoliyatlarini namoyon qilishga, o'zlarini tutishlariga ta'sirini aniqlash. Rivojlanishida turli xil farqlar bo'lgan bolalarda (eshitish, ko'rish, fikrlash qobiliyatining hamda tayanch harakat apparatining buzilishi hollarida) nutqning shakllanishi va nutq buzilishlari xususiyatini o'rganish. Nutq buzilishining kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.8 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:16
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.8 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:16 ]
Arxiv ichida: docx