Logopsixologiya kursining predmeti maqsad va vazifalari

Logopsixologiya kursining predmeti maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Logopsixologiya kursining predmeti maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Logopsixologiya kursining predmeti maqsad va vazifalari Reja: Logopsixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Logopsixologiya fanining rivojlanish tarixi Logopsixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi Logopsixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Logopsixologiya maxsus psixologiyaning bir bo'limi bo'lib, nutq nuqsoni mavjud bolalar ruhiyati va bu nuqsonni psixokorreksiyasi jarayoni tamoyillarida, korreksion-tarbiya jarayonida hisobga olinishi ko'zda tutilgan shaxs sifat va xususiyatlarining o'ziga xosligi kuzatiladi. Logopsixologiya maxsus psixologiyaning asosiy tarkibiy qismi sifatida logopediya va psixologiyaning zamonaviy yutuqlari asosida takomillashib bormoqda. Logopsixologiyaning kommunikativ konsepsiyaga o'tishi nutqiy faoliyatning paralingvistik vositalarini (intonatsiya, temp, modulyatsiya, fonatsiya), muloqotning komponenti (mimika, imo-ishora, to'g'ridan-to'g'ri sensor va jismoniy kontaktlar), kommunikatsiya jarayonining turli shakllarini chuqur va puxta o'rganish, tadqiq etish imkoniyatini beradi. Bu tahlil insonlar munosabatining psixologik va ijtimoiy-psixologik darajasiga ta'sir ko'rsatadi. Logopsixologiya fani maxsus psixologiyaning yangi tarmog'i hisoblanadi. nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar psixik rivojlanishning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi bir qator ma'lumotlar yig'ildi. Nutq nuqsonini o'rganuvchi olimlar L.R.Mo'minova, M.Yu.Ayupova, X.M.Po'latova, D.A.Nurkeldieva, M.P.Xamidova va boshqalar o'z diqqatlarini nutq nuqsonlarining mexanizmlari sabablari, alomatlari va bartaraf etish usullarining ilmiy-metodik asoslarini yaratishgan. Nutqida nuqsoni bo'lgan bolalar psixik rivojlanishini o'rganishga esa kam ahamiyat berganlar. Nutqida nuqsoni bo'lgan bolalar ruhiy rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari, turlicha nutq buzilishlari bo'lgan bolalar bilan korreksion logopedik ishlarni olib borish davomida har bir nutq kamchiliklariga aynan o'zigagina xos bo'lgan ruhiy jarayonlarni va xususiyatlarni o'rganish logopsixologiya fanining asosiy maqsadidir. Logopsixologiyaning obyekti - tug'ma yoki orttirilgan nutqida nuqsoni bo'lgan bolalar. Logopsixologiyaning vazifalari: nutqida turli nuqsoni bo'lgan shaxslarning psixik rivojlanish xususiyatlarini o'rganish; nutqida nuqsoni bo'lgan bolalarning bilish faoliyatidagi kamchiliklarni korreksiyalash, bartaraf etish; nutq nuqsonlarining differensial diagnostik metodlarini ishlab chiqish; nutq nuqsonlarida hissiy-irodaviy sohasi va shaxslararo munosabatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish metodlarini ishlab chiqish; nutq nuqsoniga ega shaxslarning bilish faoliyatidagi va hissiy irodaviy sohasidagi kamchiliklarini oldini olish uchun mo'ljallangan tadbirlarni ishlab chiqish. Nutq buzilishlari bilan fiziologlar, nevropatologlar, logoped, psixolog va lingvistlar shug'ullanadilar. L.S.Vigotskiy fikricha, nutqiy faoliyatni fiziologik jarayon sifatida o'rganish maqsadga muvofiqdir. Kommunikativ nazariyaning nuqtai nazaridan esa nutq buzilishi - verbal kommunikatsiyaning buzilishidir. Logopsixologiyada kommunikatsiyaga tizimli yondashuv quyidagilarga moslanadi: kommunikativ tizimning funksiyasi nazariyasiga; kommunikativ faoliyat tahlili nazariyasiga; kommunikativ nazariya qobiliyatlarini rivojlantirishning tizimli genetik nazariyasiga. Bu nazariyalar quyidagi tamoyillarga asoslanadi: muloqot jarayonining ijtimoiy - psixologik adaptatsiyasi, kommunikativ jarayonni o'tkazishni tizimli tashkil etish; kommunikativ faoliyatning yuqori darajasi, nutqiy - fikrlash jarayonlarining funksional butunligi, kommunikatsiya jarayonida tizimlararo munosabatlar; kommunikativ tizim, kommunikativ qobiliyat tizimi genezisi muloqotning individual uslublari differentsiatsiyasi; logopsixologiya faniga bog'liq holda shart-sharoitlarning mavjud bo'lishi; nutqiy buzilishlarni bir qator tekshirishlari uchun psixodiagnostik tizim; nutqiy buzilishlar reabilitatsiyasi uchun psixokorreksion texnologiyalarni yaratish, muloqotning emotsional, nutqiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.65 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.65 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga