MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASH 1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash nazariyasi 2.Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab dasturlaridagi izchillik 3.Bolani maktab ta'limiga psixologik tayyorlash. REJA 1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash nazariyasi. O'zbekiston Respublikasida ta'lim sohasida keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Respublikada joriy etilgan ta'lim tizimi, uning turlari va shakllari orqali har bir fuqaroning ta'lim olishdagi konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirib kelinmoqda. Davlatimiz tomonidan ilmiy sohadagi rivojlanishlar keng qo'llab-quvvatlanmoqda. Ta'lim to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonunining 8 -moddasida: - Maktabgacha ta'lim va tarbiya bolalarni o'qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy, etik va estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan ta'lim turidir. - Maktabgacha ta'lim-tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni boshlang'ich ta'limga bir yillik tayyorlashni nazarda tutadi - deb ko'rsatilgan. Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan xalqaro tajribalar hisobga olinib, 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta'lim-tarbiya berish va maktab ta'limiga tayyorlash maqsadida Ilm yo'li variativ dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur 6-7 yoshli bolalar uchun mo'ljallangan majburiy boshlang'ich ta'limga bir yillik tayyorlash guruhlari maktabgacha ta'limga qo'yiladigan Davlat talablariga muvofiq, bolaning rivojlanishidagi 5 muhim soha : bolalarning jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish sohalarini har tomonlama uyg'un rivojlanishini ta'minlashga mo'ljallangan bo'lib, bunda bola ta'limiy faoliyatning yetakchi ishtirokchisi sifatida namoyon bo'ladi. 2.Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab dasturlaridagi izchillik. Maktabgacha yoshdagi bolalarda maktab ta'limiga tayyorlash hamda unda savodxonligini rivojlantirish quyidagi talablarga bo'ysunadi. - bolani rivojlantirishga qaratilgan qulay, do'stona, xavfsiz muhitni yaratish. Bolalar jamoasida do'stona munosabatni qadrlash. Bolaga yo'naltirilgan ta'limga yondashuv asosida ta'lim -tarbiya berish, uzoq davom etadigan mashg'ulotlar bilan emas, balki bolada qiziqishni uyg'otadigan, uni hayratlantiradigan o'yinlardan iborat ta'limiy jarayonlarni tashkil etish. O'yindan asosiy ta'limiy faoliyat sifatida foydalanish. Didaktik vositalarni keng qo'llash. - bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning xotirasi, diqqati, nutqi, tafakkurini inobatga olish. Bolada o'qishga nisbatan xohish, istak, qiziqish uyg'otish. Kattalar tomonidan bolaga bosim o'tkazish, uning erishgan natijalaridan qoniqmaganlikni bildirish man etiladi. - olib boriladigan ta'lim va tarbiyaviy jarayonlar ketma-ketlikda, oddiydan murakkablashib borishi zarur. - tizimli ravishda bolada kichik yosh davridan boshlab so'zlarni to'g'ri talaffuzini rivojlantirish. Tarbiyachi o'z nutqiga nisbatan talabchan bo'lishi. - bolalarda o'z nutqida to'g'ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan va yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalana olishga bo'lgan ishonchni hosil qilish. Umuman xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki, bolalarni 6-7 yoshda maktab ta'limiga tayyorlash, ularda ertaga maktab dasturlarini yaxshi o'zlashtirishlari, shuningdek ularning intilishlari, qobiliyatlarini namoyon qilishga imkoniyat yaratadi. Bolalarni maktabga tayyorlashda, maktabgacha yoshdagi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
44.73 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
44.73 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:18 ]
Arxiv ichida: pptx