Yetakchi mutaxassislarning fikriga ko'ra «Maktabga tayyorgarlik» tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yo'nalishlarini o'z ichiga oladi: 1.jismoniy, 2.shaxsiy (ruhiy), 3.aqliy 4.maxsus tayyorgarlik Bolaning maktabda o'qishga aqliy tayyorligi. Maktabga aqliy tayyorlikning muhim tarkibiy qismi maktabga o'qishga kirayotgan bolada atrof, dunyo haqida yetarlicha keng bilish boyligining mavjud bo'lishidir. Bolani maktabga aqliy tayyorgarligining tarkibiy qismi: bola bilish faoliyatini muayan darajada rivojlangan bo'lishidir. Bu o'rinda Birinchidan bilish jarayonining o'sib boruvchi ixtiyoriyligi; materialni ma'no jihatdan ixtiyoriy eslab qolish va takror ifodalash, narsa va hodisalarni rejali idrok etish, qo'yilgan bilish va amaliy masalalarni maqsadga muvofiq xal etish qobiliyati va shu kabilar; Ikkinchidan bilish jarayonlari sifatini oshirish: sezgilarning aniqligi, idrokning to'lik va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va takror ifodalashning tez va aniqligi; Uchinchidan bolada atrof dunyoga bilish munosabatlari, bilimlarni egallash va maktabda o'qishga intilishning mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarning matematik tushunchalarini muvaffakiyatli o'zlashtirishi, ularning idrokini, ya'ni sensor tuyg'ularini o'stirish bilan bevosita bog'liqdir. Matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishning asosiy shakli - mashg'ulotdir. Mashg'ulotlarda va kundalik hayotda didaktik o'yinlardan hamda o'yin-mashqlardan keng foydlaniladi. Mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda o'yinlar tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi, chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. Bir kancha xollarda, masalan, joyni bilish ko'nikmasini rivojlantirish yuzasidan olib boriladigan ishlarda o'yinlar asosiy o'quv vazifasini o'taydi. Matematik tushunchalar Geometrik shakllar Fazoviy tasavvurlar kattalik miqdor va son vaqt haqidagi tasavvurlar Matematik tushunchalar Geometrik shakllar Fazoviy tasavvurlar kattalik Miqdor va son Vaqt haqidagi tasavvurlar Arifmetik masalalar yechish Masala yechishda «qo'shish», «ayirish», «barobar» matematik terminlaridan foydalanish zarur. Keyin masalani «yoziladi». Tevarak atrofni (joyni) bilish Bolalarning maktabdagi ko'pgina faoliyatlari tevarak atrofda o'rnini aniqlash (oriyentatsiya qila bilish) bilan bog'liqdir. Shuning uchun bolalar maktabga chiqqunga qadar harakat yo'nalishlari (o'ngda, chapda to'g'ri, burchakdan burchakka va hokazo)ni bilishlari, tevarak atrofdagi narsalarning o'zlariga nisbatan (o'ng tomonda, chap tomonda, yuqorida pastda, orqada, oldinda) joylashishini bilishlari; bir biriga nisbati, joylashishini (stolning oldida stul) xonada, uchastkada,Maktabgacha ta'lim muassasasidan uyga qaytishni, ko'chadan o'tish qoidasini bilishlari lozim. Soat bilan tanishtirish metodikasi. Bolalarga turli soatlar ko'rsatilib, soatnng kishi hayotidagi ahamiyati tushuntiriladi. Bolalar diqqati hamma soatlarning umumiy, bir xil belgilari borligiga qaratiladi. (Siferblat, ko'rsatkich). Strelkaning harakat qilish tamoyili bilan tanishtiriladi. O'quv yili oxirida bola: - ikki kichik sondan tashkil topgan birinchi o'nlik tarkibini biladi; - ikki kichik sondan tashkil topgan ikkinchi o'nlik tarkibini (ko'rgazmalilikka tayanib); - 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20 raqamlarini biladi; - «+»,«-», «=» ishoralarini; - 10 gacha bo'lgan sonlarni to'g'ri va teskari sanash; - 20 gacha bo'lgan sonlarni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.67 MB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.67 MB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:19 ]
Arxiv ichida: pptx