Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o'stirishning vazifalari metodlari va vositalari

Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o'stirishning vazifalari metodlari va vositalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o'stirishning vazifalari metodlari va vositalari - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o'stirishning vazifalari metodlari va vositalari Reja: Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish. Muloqot vositalari. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot. Maktabgacha katta yoshdgi bolalar uchun mashg'ulotlar ishlanmasi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish. Bola tilining grammatik tizimini o'z vaqtida shakllantirish - uni to'laqonli nutqiy va umumiy psixologik rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Tilning grammatik tizimini bola predmetli harakatlarni o'zlashtirish bilan uzviy bog'liqlikda bilishni rivojlantirish asosida egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish morfologiya (so'zlarni rodlar, sonlar, kelishiklarga qarab o'zgartirish), so'z hosil qilish (maxsus vositalar yordamida bir so'z negizida boshqa so'zni hosil qilish), sintaksis (oddiy va qo'shma gaplarni tuzish) ustidagi ishlarni o'z ichiga oladi. Bolalarning grammatik rivojlanishi boshqarishni pedagog eng avvalo ham bolaning o'zi bilan (dialog shaklida), ham boshqa bolalar bilan birgalikdagi muloqot faoliyati vositasida amalga oshirishi lozim. Bolalarda grammatik tizimni - sintaksis, morfologiya, so'z hosil qilishni shakllantirish o'zining alohida xususiyatlariga ega bo'lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni qo'llashi darkor. Morfologiya va so'z hosil qilishni o'zlashtirish uchun rag'batlantiruvchi til o'yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa keng fikr bildirish, motivatsiyani yaratish muhim. Malumki, bolalar o'z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi va o'z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bo'ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag'batlantirishga (gap so'z hosil qilish va so'z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchi yilda - gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik to'g'riligini shakllantirishga (so'z o'zgartirishda); ettinchi yilda - hosila so'zlar o'rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalarni ixtiyoriy tuzishga alohida etibor berishi lozim. Didaktik o'yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar bolalarning tilga oid o'yinlarini, ularning grammatika sohasidagi faolligini rag'batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so'z birikmasini o'ylab ko'rish, so'ngra gapda so'zlarni bir-biri bilan to'g'ri bog'lash qobiliyatini o'rgatishi zarur. Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirishni yozma nutq vaziyatida, yani bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi. Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so'zlarning to'g'ri tartibini qo'llashni o'rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida etiborni qaratish zarur. Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda lektsikadan to'g'ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. Buning uchun bolalarga gapda so'zlarni biriktirishning turli usullarini, so'zlar o'rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog'liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni o'rgatish zarur. Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jarayonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko'nikmasi shakllanadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tuzish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta'minlanadi. Bola tilining grammatik tizimini shakllantirish uning nutqi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.14 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.14 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga