Maktabgacha ta'lim muassasada applikatsiya ishiga o'rgatishning vazifalari va turlari

Maktabgacha ta'lim muassasada applikatsiya ishiga o'rgatishning vazifalari va turlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha ta'lim muassasada applikatsiya ishiga o'rgatishning vazifalari va turlari - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha ta'lim muassasada applikatsiya ishiga o'rgatishning vazifalari va turlari (6-amaliy mashg'ulot) Predmetli applikatsiya - bolalar qog'ozdan qirqish va fonga alohida predmet tasvirlarini yopishtirish mahoratini o'zlashtiradilar. Faoliyat xususiyatiga ko'ra atrofdagi predmetlarni ancha umumlashgan shartli tasviriy o'yinchoqlar, xalq amaliy san'ati namunalarida ifodalash mumkin bo'ladi. Boshlang'ich bosqichda tarbiyachi-pedagog tayyorlagan qismlardan predmetni yelimlaydi: - turli rangdagi ikkita koptok, yarimta bo'laklar, qo'ziqorinqalpokcha va oyoqcha; aravacha - to'rtburchak asos va dumaloq g'ildiraklar. Bolalar shakli, tuzilishi, ranglar birikmalari, hajmi, farqlangan predmetlarni tasvirlashlari mumkin. Predmetli applikatsiya uchun katta hajmdagi materiallarni tanlash kerak bo'ladi. Masalan, uzumning katta barglari, eman, zarang, tog' terak, kashtanning katta barglari yoki tut barglari bo'lishi ham mumkin. Dekorativ applikatsiya- turli bezaklar hosil qilish bilan bog'lik bo'lgan faoliyat turi. Dekorativ applikatsiyada bolalar qirqish mahoratini ritm, simmetriya bo'yicha turli rang birikmalarini turli bezak elementlarini birlashtirish, qirqish mahoratini o'zlashtiradilar. Bu mashg'ulotlarda bolalar predmetlarni dekorativ stillashtirish, ularni tuzilishiga ahamiyat berish, namunalarni yangi sifatlar bilan boyitishni o'rganadilar. Bu mashg'ulotlarda bolalar yana qo'yidagilarni o'rganadi: predmetlarni o'zgartirish, ularning tuzilishini umumlashtirish, namunalarni yangi sifatlar bilan taqqoslash. Мazmunli applikatsiya - o'z oldiga qiyin masalalarni qo'yadi va ba'zi bir qoidalarni bajarilishini talab qiladi: rang, shakl bo'yicha birbirlariga to'g'ri keladigan tabiiy materiallarni yig'ish kerak. Masalan, barglar va chig'anoklar va mayda toshlar, somon, taxta qipiqlari, qurigan shoxchalar, danaklar va hokazolar. Asosiy e'tiborni fon va materiallar rangi mosligiga qaratish lozim. Syujetdagi tasvirlarga asosiy qahramonlarni yorkin rang bilan kompozitsion yechim qilib olish, ya'ni alohida e'tibor qaratish kerak. Syujetli mavzu applikatsiya syujet yoki mavzu bilan bog'lik predmetlarni yopishtirish va qirqish mahoratini mo'ljallaydi. Bunda asosan bola oldiga qo'yidagi masalalar qo'yiladi: predmetlarni qirqish, bir-biri bilan taqqoslaganda ularni hajm bo'yicha farqlash; asosiy predmet, asosiy qahramonlar yuzini ko'rsatish, vaziyat va harakat joyi bilan ularni bog'lash. asosiy hajm, rang bilan bo'rttirish; personajlarning fe'l-atvori, o'ziga xosligi va ularning imo- ishora, holati, kiyimi, rangini ko'rsatish; predmetlarni yassi joyda joylashtirish: bir chiziqda, qatorda gorizontal va vertikal bo'yicha predmetlarni bo'yini ko'rsatgan holda. Har bir guruhda bu masalalar turlicha amalga oshiriladi. Ularning murakkablashishi bilim, mahorat va malaka darajasiga bog'lik, atrofolamning har xilligi turli syujetlarni applikatsiyada aks etishi uchun boy material takdim etadi. Kattalarning maqsadi- bu faollikni qo'llash, so'nishiga yo'l qo'ymaslik, unga ijodiy xarakter berishdir. Bolaning faolligi va mustaqilligi rivojlanishi uchun kerakli tasvirlar berib borish lozim. Tasviriy faoliyatda turli materiallar va tasvirlashning texnik usullarini turlicha ko'rinishda bajara olish yo'llarini bolalarga o'rgatish lozim. Shundagina bolalar applikatsiyaning turli usullarini qo'llagan holda obrazlarni tasvirlashda ular o'z kuchiga ishongan holda shug'ullanadilar. Tabiiy materiallar tarbiyachi rahbarligida ekskursiyalarda to'planadi. Ekskursiya uyushtirishdan oldin bolalarga bo'lajak ish namunasi ko'rsatiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 418.43 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 418.43 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga