Maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo'riqchisining vazifalari

Maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo'riqchisining vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo'riqchisining vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo'riqchisining vazifalari Reja: Maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini rejalashtirish Jismoniy tarbiya xonasini jihozlash. Maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo'riqchisining vazifalari Yo'riqchilarning majburiyatlari: -Maktabgacha ta'limga qo'yilgan davlat talablari mazmunini bilishi; O'zbekiston Respublikasining Jismoniy tarbiya va sport to'g'risidagi qonun va qarorlarni, Maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha talim muassasalarda jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlantiriga oid me'yoriy hujjatlari, yo'riqnomalari mazmunini bilishi maqsadga muvofiq. -Maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiyasi, bolalarni jismoniy tarbiyalashning nazariy va amaliy asoslarini bilishi; -Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasini yaxshi anglagan bo'lishi; -Sport va ommaviy tadbirlar o'tkazilishini; -Zamonaviy va xalq o'yinlari qoida va talablarini bilishi va ulardan ish jarayonida unumli foydalanishi lozim. Jismoniy tarbiya va sport yo'riqchisining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi: a) har bir guruh uchun jismoniy tarbiya mashg'ulotlari jadvalini tuzadi, guruhlar yosh tarkibini hisobga olib tasdiqlangan dasturlar bo'yicha o'quv mashg'ulotlari o'tkazadi; b) kun davomida bolalarning harakat faolligini nazorat qiladi. Sport-sog'lomlashtirish ishlarini olib boradi, shu maqsadlarda sport, sog'lomlashtirish tadbirlari rejasini ishlab chiqadi; sog'lom, jismonan baquvvat holda maktabga tayyorlash maqsadida bolalarga jismoniy mashqlar bajartiradi; jismoniy rivojlanishda orqada qolgan bolalar bilan alohida mashg'ulotlar o'tkazadi; v) bolalarning sog'ligi va jismoniy holatini nazorat qiladi, tarbiyachilar va ota-onalarga bolalar sog'ligini mustahkamlash, jumladan sport seksiyalari, to'garaklar tashkil qilish bo'yicha maslahatlar beradi, ularga metodik va amaliy yordam ko'rsatadi; g) mashg'ulotlar paytida bolalar sog'ligi va xavfsizligiga javobgardir, o'zining kasbiy mahoratini, bolalar bilan ishlash metodik usullarini uzluksiz takomillashtiradi, maktabgacha muassasa xodimlari va ota-onalar orasida jismoniy tarbiya tashviqotini olib boradi. Jismoniy tarbiya va sport yo'riqchisi maktabgacha ta'limga davlat talablari mazmuni: -Maktabgacha ta'limi vazirligining maktabgacha muassasalarda jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlantirish masalalariga oid metodik; -me'yoriy, yo'riqnoma va boshqa boshqaruv hujjatlarini, bolalarni maktabgacha tarbiyalash pedagogika va psixologiyasi asoslari; bolalarni jismoniy tarbiyalashning nazariya va amaliyoti asoslarini, bolalar anatomiyasi va fiziologiyasini; sport-ommaviy tadbirlar o'tkazish tartibini, zamonaviy va xalq bolalar sport o'yinlari qoida va talablarini bilishi kerak. Jismoniy tarbiya va sport yo'riqchisi lavozimiga quyidagi malaka talablari qo'yiladi: а) Kamida jismoniy tarbiya bo'yicha o'rta maxsus ma'lumot; b) Amaliy ish staji talab qilinmaydi. Jismoniy tarbiya yo'riqchisining ish xudjatlarini yuritish tartibi: O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2011 yil 2 noyabrdagi Maktabgacha ta'lim muassasalarining ish hujjatlari to'g'risida gi 252-sonli hamda 2016 yil 4 fevraldagi Maktabgacha ta'lim muassasalarining ish hujjatlari to'g'risidagi 33-sonli buyruqlari asosida tarbiyachilarning ish hujjatlari belgilab berilgan Maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini rejalashtirish Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini rejalashtirishda eng avalo maktabgacha ta'lim muassasalari uchun mo'ljallangan meyoriy xujjatlar Maktabgacha ta'limga qo'yilgan Davlat talablari hamda Takomillashtirilgan Bolajon tayanch dasturiga asosan bolalar yoshlari doirasida asosiy harakatlar: yurish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.86 MB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.86 MB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga