Maktabgacha ta'lim muassasalarida loy ishi mashg'ulotlari

Maktabgacha ta'lim muassasalarida loy ishi mashg'ulotlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha ta'lim muassasalarida loy ishi mashg'ulotlari - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha ta'lim muassasalarida loy ishi mashg'ulotlari (5 amaliy mashg'ulot) Plastilin doimiy holda ishga tayyor bo'ladi. Plastilindan predmetlar tasvirini yaratish mumkin. Plastilin issiqda yumshab, sovuqda qotish xususiyatiga egadir. Shu boisdan plastilin sovuq xonada saqlansa, uni ishlatish oldidan issiq suvga solib olish lozim. Plastilinni qo'lda ushlanibturilsa, albatta u yumshaydi va ish holati yaxshilanadi. Ammo uni uzoq qo'lda ushlab turmaslik kerak. Chunki, uni uzoq qo'lda ushlab turilsa, o'z holatini yo'qota boshlaydi. Plastilindan asosan kichik modellarni yasashda foydalaniladi. U sun'iy plastik massa bo'lib loyga o'xshab, qurilmasligi va doimo ishlatishga tayyorlash bilan farqlanadi. Plastilinning har xil - oddiy va murakkab turlari mavjud. Loy narsalar yasashda asosiy material hisoblanadi. Chunki u istalgan joyda topiladi, arzon va qayishqoqdir. Loyning tarkibida boshqa narsalar (tosh, qum va shu kabilar) bo'lmasligi kerak. Loy o'zining xossasiga ko'ra yumshoq, yopishqoq, ilashuvchan, yaxshi tekislanish va istalgan shaklga kirish xususiyatiga ega bo'lishi kerak. Loy bilan ishlaganda asosan oddiy asboblar: oddiy konstruksiyadagi yog'och va steklardan foydalaniladi. Bunday loyni tayyorlash uchun tuproq tanlanadi. Tuproq jigarrang, qo'ng'ir bo'lib, ular ikki xil xususiyatda, quruq va yog'li bo'ladi. Yog'li tuproq quruq tuproqqa nisbatan namligi yaxshi, yopishqoq, yumshoq, tekislanish va pardozlanish xususiyati yaxshi bo'ladi. Tuproqni tekshirish odatda bir siqim tuproqni olib, suvga solinadi, yopishqoqligi, ilashimligi tekshiriladi. Loy tayyorlashni bir necha usullari mavjud. 1-usul: loy tayyorlash mumkin bo'lgan tuproqni tanlab, uni yaxshilab eziladi va elakdan o'tkaziladi. So'ngra uni yog'och yoki plastmassa idishga solib, suv quyiladi, suv to'la shimdirilgandan so'ng 1-2 kun saqlanadi, so'ngra yana suv quyib, qoriy boshlanadi. Loy yopishqoq, yagona massali, qo'lga yopishmaydigan, yaxshi silliqlanish va elastiklik holatiga yetguncha ishlanadi. So'ngra, loyni polietilen xaltaga solib, havo o'tkazmaydigan holda o'raladi. Undan bir necha mashg'ulotda foydalanish mumkin. Chunki, bu holda loyni bir oy, yoki ikki-uch oy yoki yillab saqlash mumkin. Loy qancha ko'p saqlansa, u shunchalik yopishqoq, elastiklik va silliqlanish xususiyati ortib boradi. 2- usul: Chamasi 1kg tuproq elanadi. Duxovkada 20 minut qizitib, sovugandan so'ng, 25 gramm paxtani maydalab solinadi. 200 gramm yog' quyilib, kerakligicha suv solinadi. Loyga ishlov berilib, qoriladi. Loyni ho'l matoga o'rab, polietilen xaltada 2 sutka tindiriladi. Bunday loyni ko'p marta ishlatsa bo'ladi. Мashg'ulotlarda tayyorlab qo'yilgan loydan ma'lum qismi olinib, unga yana ishlov beriladi. Qo'lga yopishmaydigan holga kelgunga qadar ishlanadi. Loy qo'lga yopishmaydigan, lekin o'z massasiga yaxshi yopishadigan va plastiklik holati yaxshi bo'lsa, bunday loydan har qanday shakl yasash mumkin bo'ladi. Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarda yasaladigan materiallar xilma-xildir. Bugungi kunda afzallik polimer loyga (chinni xamir)ga beriladi. Polimer loy yoki chinni xamir Polimer loy yoki chinni xamirning kelib chiqish tarixiga ko'ra ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.18 MB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.18 MB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga