Maktabgacha ta'lim muassasalarida multimedia texnologiyalarini joriy etish

Maktabgacha ta'lim muassasalarida multimedia texnologiyalarini joriy etish

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha ta'lim muassasalarida multimedia texnologiyalarini joriy etish - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha ta'lim muassasalarida multimedia texnologiyalarini joriy etish Reja: Multimedia texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Media ta'limning asosiy mazmuni. Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga o'rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish metodlari. Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga o'rgatishda multimedia texnologiyalarini tatbiq etish. Multimedia texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Multimedia atamasining lug'vaiy manosi (multim-mediur yoki multimedia) ikkita so'z yig'indisidan tashkil topgan bo'lib, muiti-ko'p, mediamuhit manosini anglatadi. Atama ilmiy va o'quv adabiyotlarida «ko'p vositalilik», «multimediya muhiti» «ko'p qatlamli muhit», «ma'lumot tashuvchi vosita» kabi talqin qilinib kelinmoqda. Hozirgi davrda multimedia atamasi ko'p qirrali bo'lib, turli hil tushunchalarni ifodalashga tatbiq etib kelinmoqda. Masalan, multimedia texnologiyasi; multimedia mahsuloti; multimediali kompyuter; multimedia dasturi va boshqalar shular jumlasidandir. «Multimedia» tushunchasining adabiyotlarda yoritilgan bir nechta ta'rifini keltiramiz: «Multimedia - deganda turli shakldagi ma'lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi», «Multimedia - bir vaqtning o'zida turli ko'rinishdagi axborotlardan: matn, grafika, tovush va boshqalardan foydalanishni ko'zda tutgan foydalanuvchi interfeysining konsepsiyasi», «Multimedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida axborotning an'anaviy va original turlari asosida o'quv materiallarini o'quvchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko'rinishidir». Multimedia bu maxsus texnologiya bo'lib, dasturiy va texnik moddiy ta'minot asosida kompyuterda bir vaqtningt o'zida matnli, tasviriy axborotni tovushli va harakatli holda ifodalash imkoniyatidir. Multimedia - tasvirli ma'lumot bilan ishlashga qodir bo'lgan vosita hisoblanadi. Odatda, multimedia deganda. turli shakldagi ma'lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Multimedia - kompyuter tizimida matn, tovush, videotasvir va turli animatsiyalarni mujassamlashtirish imkonini beruvchi zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Multimedia mazmunidan kelib chiqqan holda multimedia tushunchasining quyidagi ta'rifini keltirish mumkin: Multimedia - bir nechta axborot turlarning kompyuterda ishlov berish natijasida hosl qilingan va bita diskka jamlangan axborot yig'indisidir. Multimedianing shakllanish bosqichlari uning asosiy texnik ta'minoti bo'lgan kompyuterning rivojlanishi bilan bog'liq. Multimediani tashkil etuvchi va ularning rivojlanish bosqichlari quyidagilardir: Matn shaklidagi tashkil etuvchisi. Dastlab odamlar yozuvlarni toshga o'yib yozgandar, qog'oz ixtiro qilingach parranda pati, qalam va ruchkalardan foydalanib yozuv ishlarini amalga oshirganlar. Keyinchalik yozuv mashinasi ixtiro etilgach, uzoq yillar mobaynida ulardan foydalanib kelindi. Nihoyat, kompyuterlarda «Matn muharriri» dasturi o'rnatilgach, yozuv ishlari kompyuterda bajariladigan bo'ldi 1980 yildan boshlab esa kompakt disklarga yozish va undan foydalanish yo'lga qo'yildi, jumladan, 1982 yilda Polygram kompaniyasi Audio CD ni ishlab chiqdi, SONY kompaniyasi esa, o'sha yili standart yozuvlarni CD disklarga yozishni tavsiya etdi. Natijada, SD disklarda yozish texnologiyasi rivojlanib ketdi. Ayni bir paytda mikrofon yordamida nutq va musiqa yozish ham shakllandi. Video shaklidagi tashkil etuvchilarga videotasvirlar, grafikli tasvirlar, ma'lumot grafiklari va hoka'zolar kiradi. Videotasvirlar dastlab magnit lentalarida yozilib, videomagnitofonlarda namoyish etila boshlandi, so'ngra videotasvirlarni yozish kompakt disklarda amalga oshirildi. Multimedianing animatsiya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.19 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.19 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga