Maktabgacha ta'lim muassasalarida turli yosh guruhlarida qurish yasashga o'rgatish

Maktabgacha ta'lim muassasalarida turli yosh guruhlarida qurish yasashga o'rgatish

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha ta'lim muassasalarida turli yosh guruhlarida qurish yasashga o'rgatish - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha ta'lim muassasalarida turli yosh guruhlarida qurish yasashga o'rgatish Reja: Qurish-yasash materiallarining turlari. Qog'ozdan qurish - yasash. Qog'oz va tabiat materiallaridan qurish - yasash Maktabgacha ta'lim muassasalarida turli yosh guruhlarida qurish-yasashga o'rgatish metodlari, turlari Qog'ozdan qurish-yasashga o'rgatish, ishlarini tahlil qilish, turli yosh guruhlari uchun qurish-yasash mashg'ulotlarining interfaol ishlanmalarini ishlab chiqish. Qurish-yasash lotin tilidan olingan bo'lib, turli predmetlarni, qism va elementlarni ma'lum bir holatga keltirish, ma'nosini bildiradi. Qurish-yasash faoliyati - amaliy faoliyat bo'lib, oldindan belgilangan, biror maqsadga qaratilgan real voqealikdir. Qurish-yasash materiallarining turlari. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga qurish-yasash faoliyatini o'rgatishda qurilish materiali, turli konstruktorlar, qog'ozdan, tabiat, tashlandiq materiallaridan foydalaniladi. Materialni turi- qurish yasash turini aniqlab beradi. Qurilish materiallari. Qurilish materiali-mayda va yirik-geometrik figuralardan (kub, silindr, prizma va hokazo) iborat. Mashg'ulotlarda qurilish materiallaridan turli xil to'plamlardan foydalaniladi: M.P.Agapovning № 2, 3, 4, 5, 6, 7. mazmunli to'plamlar: Kichik qurilish materiallari: Kosmodrom, Temir yo'l vokzali va boshqalar. Konstruktorlar. Maktabgacha ta'lim muassasasalarda konstruktorlardan (taxtali, plastmassa, metall va keramika) foydalanadilar. Bu to'plamlar orqali turli konstruksiyalar yasash mumkin. Tarbiyachi rahbarligida bolalar oddiy birlashtirish usulidan suratlar bo'yicha turli xil harakatli konstruksiyalar yasaydilar. Asosiy diqqat bolalarni ma'lum qismlarini birlashtirish malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Bunda bolalarni qo'llarini muskullari ishtirok etadi, qo'l muskullari hali yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Tarbiyachi rahbarligi ostida bolalar yangi birlashtirish yo'llarini va turli xil xarakterdagi konstruksiyalarni rasmga, chizmaga qarab yaratishga o'rganadilar. Bu ishlarni bolalarga taklif etishdan oldin, tarbiyachining o'zi bu konstruktorlar, ularga berilgan metodik ko'rsatmalar bilan yaxshilab tanishib, o'rganib chiqishi zarur. Bolalarga qurilish materiallari va konstruktorlar to'plami hammasi birdaniga berilmaydi, balki asta-sekin, ketma-ket bolalarning o'zlashtirishlariga qarab beriladi. Lego, mozaika, Tangram, Tuxum bular stol o'yinlari hisoblanib, bolalarni konstruktorlik, dizaynerlik, yaratuvchanlik hislatlarini shakllantiradi va rivojlantiradi. Qog'ozdan qurish-yasash. Origami. Bu qog'ozni buklash yo'li bilan narsa yasash ma'nosini bildiradi. Кirigami. Bu qog'ozni yirtish yoki simmetrik qirqish yo'li bilan yasash yo'li bilan narsa yasash ma'nosini bildiradi. Кusudamа. Bu qog'ozni buklash yo'li bilan gul yasash ma'nosini bildiradi. Sukudama. Bu kusudama modullaridan qo'g'irchoq yasash ma'nosini bildiradi. Barchasi bitta so'z bilan origami deb yuritiladi. Qog'oz va tabiat materiallaridan qurish -yasash. Maktabgacha ta'lim muassasasida turli xil o'yinchoqlarni yasash uchun qog'ozdan tabiat materialidan keng foydalaniladi. Bolalarga qog'ozning turli xil turlari beriladi: vatman, karton, yupqa va turli qog'ozlar. Tarbiyachi bolalar bilan birga tabiiy materiallarni tayyorlab, bir yil ichida ularni g'amlaydi. Yozda somon, manzarali daraxt mevalari, yong'oqlar teradilar. Mevalar urug'i yaxshilab yuvilib quritiladi, bunday urug'lar maxsus kutilarda saqlanadi. Bu xildagi qo'llanmalarni yasash uchun quyidagi materiallardan ham foydalaniladi: qog'oz, karton, plastilin, sim, gugurt cho'pi, yelim, qaychi. Qog'oz tabiat va tashlandik, materiallari. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.51 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.51 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga