Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni loydan buyum yasashga o'rgatish

Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni loydan buyum yasashga o'rgatish

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni loydan buyum yasashga o'rgatish - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni loydan buyum yasashga o'rgatish Reja: MTMda loydan buyum yasashga o'rgatishning ahamiyati. Loy va plastilinga ishlov berishning texnik usullari Kichik guruhda loydan buyum yasashga o'rgatish. O'rta guruhda loydan buyum yasashga o'rgatish. Katta guruhda loydan buyum yasashga o'rgatish Maktabga tayyorlov guruhda loydan buyum yasashga o'rgatish. MTMda loydan buyum yasashga o'rgatishning ahamiyati Xuddi rasm solishda bo'lganidek, loy va plastilindan narsalar yasashda ham obrazlar paydo bo'ladi, bolalar olingan shakl va figuralarni shular yordamida nomlaydilar. Tarbiyachi obrazli ifodalashga intilishni qo'llab-quvvatlaydi hamda loy va plastilindan narsalar yasash-malakalarini egallashda yordam beradi. MTMda loy va plastilindan narsalar yasash-predmetlar, figuralar, hayvonlar, qushlar, odamlarni tasvirlash usulidir. Qo'llanadigan material (loy, plastilin) istalgan ifodalilikka erishish yo'lida personajlarning tashqi qiyofasii, ularning harakati, holatini o'zgartirish imkonini beradi. Maktabgacha ta'lim muassasasida loydan va plastilindan buyum va o'yinchoqlar yasash to'g'risida gapirganimizda, biz tasviriy faoliyatni, bu faoliyat jarayonida bolalar tevarak-atroflaridagi voqelikni aks ettirishini, loy yoki plastilindan foydalanib elementar buyumlar(turli hayvonlar haykali, idish tovoqlar) yaratishini nazarda tutamiz. Bolaning hatto eng oddiy buyumni yasashi ham ijodiy jarayondir. Chunonchi, loyning sharsimon bir bo'lagi ham jajji go'dakda koptok, apelsin, olma, uchlari birlashgan dumaloqlangan loy ustuncha esa halqa, teshikkulcha, bo'lib tuyuladi. Ish vaqtida bola loyni turli shaklga solib o'ynar ekan, uning yumshoqligidan, hajmliligidan zavqlanadi, o'zi yasagan shaklga qarab xursand bo'ladi. Loy va plastilindan o'yinchoqlar yasash mashg'ulotlarida tarbiyachilar oldiga: bolalar ijodkorligini rivojlantirish, ularda tasviriy hamda texnik ko'nikmalar hosil qilish, mazkur faoliyat turiga qizikish uyg'otish, hamda bu jarayonda kulolchilik kasbiga bo'lgan qiziqishlarini o'stirish vazifalari qo'yiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda loy mashg'ulotlari orqali kulolchilik kasbiga bo'lgan qiziqishlarini o'stirish katta ahamiyatga ega. U maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun zarur xususiyatlar - ko'rib idrok etishni, xotirani, obrazli fikrlashni rivojlantirishga, qo'l mehnati ko'nikma va malakalarini hosil qilishga yordam beradi. Loy mashg'ulotlarida turli buyumlar va o'yinchoqlar yasash tasviriy faoliyatning boshqa turlari singari, estetik didni shakllantiradi, go'zallikni his qilishga, uning rang-barangligini tushunishga o'rgatadi. Loy va plastilinga ishlov berishning texnik usullari Kichik guruhda loydan buyum yasashga o'rgatish. Maktabgacha tarbiya muassasalarida loy ishlari kichik guruhdan boshlanadi. Bu guruhda bolalarning loy ishlari, boshqa guruhlardan ajralib, o'ziga hos xususiyatga ega bo'ladi. Bolalar tasvirlovchi shakllar noaniq bo'ladi, chunki bu yoshda bolalar qo'l harakati rivojlanmagan, qo'l muskullari hali o'smagan, shuningdek, ishlarni kuzatib, nazorat qilib borish xususiyatlari hali rivojlanmagan bo'ladi. Bu yoshdagi bolalar uchun loy bilan ishlashda eng muhimi loyning xususiyatlari bilan tanishishdir, yani loy yumshoq, yopishqoq va hokazo. Shuning uchun bu davr tasvirlashgacha bo'lgan davr deb ataladi. Bu davr quyidagi harakatlar bilan xarakterlanadi: bolalar loyni bir necha bo'lakka bo'ladilar, birini ikkinchisini ustiga joylashtiradilar, taxtacha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.46 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.46 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga