Maktabgacha ta'lim muassasasining turlari

Maktabgacha ta'lim muassasasining turlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha ta'lim muassasasining turlari - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha ta'lim muassasasining turlari Reja: 1.Maktabgacha ta'limning turlari. 2.Maktabgacha ta'limning shakli. 3. Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim o'rtasidagi uzviylik Mamlakatimizda rivojlangan maktabgacha ta'lim tizimi mavjud. ta'lim islohotlari negizida, xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida takidlanganidek, bugungi kunda maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining birinchi turi sifatida shakllanadi, u ijodkor, ijtimoiy faol, maanviy jihatdan boy shaxsni shakllantirish va yuqori malakali rakobatbardosh kadrni tayyorlash milliy modelining eng muhim tarkibiy kismiga aylanadi, bilimdon va erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalashda ilk tashkiliy-pedagogik tadbirlar majmuini tashkil etadi. Mamalakat iqtisodiyotining rivojlanishi, ijtimoiy sohadagi o'zgarishlar maktabgacha ta'limning ustuvor yo'nalishini belgilabgina kolmay, uning asosiy maqsad va vazifasi 6-7 yoshli bolalarni maktabdagi ta'limga puxta tayyorlashdan iborat ekanligi etirof etildi. Boz ustiga ta'limda Davlat standartlarining joriy etilishi - bolalarning bog'chaga katnagan yoki katnamaganligidan kati nazar, ularni maktab ostonasiga bir xilda tayyorgarlik ko'rib kelishlarini kafolatlash va ta'minlash zarur ekanligini takozo etadi. Maktabga kadam kuygan xar bir o'quvchidan maktabdagi ta'limga bir xilda dastlabki hozirlik ko'rib, jismonan va ruxan o'qishga tayyor bo'lishlari, etarli darajada o'quv malaka ko'nikmalariga ega bo'lishlari talab etilmokda. Ayni paytda Respublikamizdagi mavjud 6,704 ta bolalar bog'chalarida 1-7 yoshdagi 624,652 nafar bola tarbiyalanmokda. Bu umumiy kamrovning 18,5%ni tashkil etadi. Bunday ko'rsatkichlarning obyektiv va subyektiv omillari mavjud: birinchidan, mamalkatimizda onalarga bola parvarishi uchun 3 yilgacha tatil belgilangani, ushbu davrning ikki yili to'lovli ekanligi, ikkinchidan, bola tarbiyasida oilaning roli bekiyosligi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu o'z navbatida bolalarni uy sharoitida tarbiya olayotganligi o'ziga xos xususiyatga ega ekanligini kursatadi. Respublikamizda joriy etilgan tashkiliy pedagogik jarayon shakliga karab, maktabgacha ta'limni shartli ravishda ikki guruhga bo'lish mumkin: birinchisi - bevosita muloqotli ta'lim (tarbiyachi va bola). Unga bolalar bog'chasi turli ta'lim muassasalari koshidagi tayyorlov guruhlari kiradi. Ikkinchisi, bilvosita muloqotli, tarbiyaviy ta'sir kursatuvchi vositalar. Bunga bolalar adabiyoti, davriy matbuot materiallari, radio va televideniye kursatuvlari, kinomahsulotlar singari vositalar kiradi. Birinchi guruhdagi tashkiliy ta'lim muntazam ravishda, muvofiklashtiruvchi (bog'chaga bormagan bolalarni jadallashtirilgan dasturlar asosida rivojlantirish va maktabdagi ta'limga tayyorlash pirovard bog'chaga borgan bolalar bilan tenglashtirishga qaratilgan shakllar) hamda maqsadli: yozgi tatil vaqtida muayyan muddatga mo'ljallangan maktab koshidagi tayyorlov guruhlar jarayonini o'z ichiga oladi. ta'lim islohoti maktabgacha ta'lim tizimiga kator yangiliklar kiritdi, xususan, ushbu turdagi muassasalarning yangi shakllarini barpo etishga zamin yaratdi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi maktabgacha ta'lim shakllarini kuyidagicha ifodalash mumkin: MTMlarda olib borilayotgan ta'lim-tarbiya jarayonini mukobil holda muvofiklashtiruvchi maktabgacha ta'lim shakllari vujudga kelib, ularda 13%ga yaqin bolalar tarbiyasi kamrab olingan. Muvofiklashtiruvchi ta'limning ijobiy jihatlari bilan bir katorda malum kamchiliklari xam mavjud: bolalar MTMga kun davomida emas, balki muayyan mashg'ulotlarda katnashish, shanba-yakshanba kunlari kelish, fakatgina savodxonlik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.44 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.44 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga