Maktabgacha ta'lim muassasida applikatsiya ishiga o'rgatishning vazifalari va turlari

Maktabgacha ta'lim muassasida applikatsiya ishiga o'rgatishning vazifalari va turlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha ta'lim muassasida applikatsiya ishiga o'rgatishning vazifalari va turlari - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha ta'lim muassasida applikatsiya ishiga o'rgatishning vazifalari va turlari Reja: Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o'rgatish. O'rta guruhda applikatsiya qilishga o'rgatish. Katta guruhda applikatsiya qilishga o'rgatish. Tayyorlov guruhida applikatsiya qilishga o'rgatish. Maktabgacha ta'lim muassasida applikatsiya ishiga o'rgatishning vazifalari va turlari Applikatsiya ishiga o'rgatishning asosiy maqsadi-tevarak-atrofdagi borliqni tasavvur qilishda bolalarga yordam berish. Ularda kuzatuvchanlikni rivojlantirmoq, estetik go'zallik hissini tarbiyalamoq hamda tasvirlab berish usullarini o'rgatmoqdir. Bu bilan birga tasviriy faoliyatning eng asosiy vazifasi - ma'lum bir yosh uchun mos tasviriy materiallari bilan turli xil predmetlarning turli timsollarini yaratish kabi ijodiy bolalarda shakllantirish amalga oshiriladi. Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o'rgatish. Applikatsiya so'zi lotincha so'zdan olingan bo'lib, «joylashtirish» degan ma'noni anglatadi. Applikatsiya tasviriy faoliyatning bir turidir. Applikatsiyada ishlatiladigan ashyo o'ziga xosligi bilan ajraladi. Qog'oz, somon, quritilgan o'simlik o'ramga joylashtirilib, turli xil yelim bilan yelimlanadi. Mato, charm, jun, paxmoq - ularga esa tikiladi. Applikatsiya bir xil rangli yoki rangli bo'ladi. Bir xil applikatsiya grafik tus bersa, ko'p ranglisi esa go'zallik. Uni ham buni ham badiiylik bo'ladi. Applikatsiyaing chamalash asosiy belgisi bo'lib hisoblanadi. Applikatsiya o'ziga xosligi katta doirachalardan iborat. Rang applikatsiyaning ifodalash darajasini oshiruvchi vositadir. Shuning uchun applikatsiya ishida ranglarning uyg'unlashuviga mos tushishi xayoliy va dekorativ kompozitsiyaning ifodaliligi garmoniyasini izlab topishdir. Applikatsiya qog'ozda kompozitsion uquvni bilishga sharoit yaratadi. Tarbiyalanuvchi tayyorlagan applikatsiya ishi estetik talabga javob berishi kerak. Applikatsiya predmetning umumiy, tipik va individualdan belgisini ko'ra olishiga o'rgatadi, ularni o'zaro bog'liqligi, butun, qismlar, simmetrik chamalash rivojlanadi, predmetning shaklini, rangini bosqichma-bosqich ko'rsatish malakasini ko'rsata oladi. Мaktabgacha ta'lim muassasasida applikatsiya mashg'ulotlari birinchi kichik guruhdan boshlab olib boriladi. Bu guruhda barcha mashg'ulotlarda bolalar kattalar tomonidan qilib berilgan tayyor shakllarni qog'ozga to'g'ri, turli xil joylashishda terib chiqib va yopishtirshga qaratilgandir. Bu guruhda asosiy vazifa - bolalarni yelimlash usullarini o'rgatishdir. Кattalar uchun oddiy hisoblangan, bu malaka qator harakatlarni ketma-ket bajarishdan iborat bo'ladi, ya'ni mo'yqalamni to'g'ri ushlab, unda ozgina yelim olish, shaklni teskarisi bilan qo'yib, yelimni butun shaklga tekis qilib surib chiqish, surayotgan chap qo'lining barmog'i bilan shaklni tutib turish, so'ng mo'yqalamga ehtiyotkorlik bilan qo'yib, shaklni sekin rang tomoni bilan o'girib, qog'oz varag'ining kerak joyiga qo'yish va salfetka yordamida sekin bosish, chetlaridan chiqib ketgan ortiqcha yelimni sekingina artib olish. Bu yoshdagi bolalarga ana shu harakatlarni egallab olish, albatta oson emas. Eng sodda shakl - kvadrat va doira uning uchun shu shakllardan ishni boshlash lozim. Yil davomida bolalar shu shakllarni nomini to'g'ri aytishni egallab olishlari lozim. Lekin butun yil davomida o'tkaziladigan applikatsiya mashg'ulotlarida faqat shu shakllar bilan kifoyalanib qolish bo'lmaydi. Bu guruhda bolalarda dastlab bir; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 334.84 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 334.84 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga