Maktabgacha ta'lim muassasining turli yosh guruhlarida qurish yasashga o'rgatish metodlari

Maktabgacha ta'lim muassasining turli yosh guruhlarida qurish yasashga o'rgatish metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha ta'lim muassasining turli yosh guruhlarida qurish yasashga o'rgatish metodlari - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha ta'lim muassasining turli yosh guruhlarida qurish yasashga o'rgatish metodlari Reja: Qurish - yasash mashg'ulotlarini bola rivojlanishidagi ahamiyati. Qurish - yasash materiallarining turlari. Kichik guruhlarda qurish - yasashga o'rgatishning vazifalari. O'rta guruhlarda qurish - yasashga o'rgatishning vazifalari. Katta guruhlarda qurish - yasashga o'rgatishning vazifalari. Maktabga tayyorlov guruhlarda qurish - yasashga o'rgatishning vazifalari. Qurish - yasash mashg'ulotlarini bola rivojlanishidagi ahamiyati. Qurish-yasash lotin tilidan olingan bo'lib, turli predmetlarni, qism va elementlarni ma'lum bir holatga keltirish, degan ma'noni bildiradi. Bolalarni qurish-yasashida qurilish materiallaridan, qog'ozdan, karton, daraxt va boshqa materiallardan turli xil o'yinchoqlar yasash o'rgatiladi. O'z xarakteriga ko'ra bolalar qurish-yasashi ko'pincha tasviriy va o'yin faoliyati bilan o'xshashdir-bu tevarak atrofda aks etadi. Bolalarning yasagan narsalari asosan amaliyotda ishlatiladi. Masalan: o'yinlar, archani yasatish uchun, onalarga sovg'a uchun. Qurish-yasash faoliyati-amaliy faoliyat bo'lib, oldindan belgilangan, biror maqsadga qaratilgan real voqelikdir. Qurish-yasash faoliyatiga o'rgatish jarayonida bolalarda aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi yanada shakllanib boradi, hamda ularda tevarak-atrofdagi predmetlarni tahlil qilish ko'nikmasi, mustaqil fikrlash, badiiy did, shaxsning irodaviy sifatlaridan (maqsadga intilish, qat'iylik va hokazo…) tarkib topa boshlaydi, bularni barchasi bolalarni maktabda o'qishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni qurilish materiallari yordamida o'yin va mashg'ulotlar o'tkazishning ahamiyati katta. Yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashda maktabgacha ta'lim muassasasida qurilish materiallari yordamida o'tkaziladigan o'yin va mashg'ulotlar katta o'rin egallaydi. Bolalarning qurilish o'yinlari rollarga bo'linib, o'ynaladigan o'yinlarning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Qurilish o'yinlarida ham bolalar tevarak atrofdagi narsalarni, kattalarning faoliyatlarini aks ettiradilar. Qurilish o'yinlarining mazmuni bolalarning o'zlari yaratadilar. Bolalar ko'pincha kattalarning qurilishdagi faoliyatlariga taqlid qilib, «Quruvchi ishchi» rolini bajaradilar. Bolalarning qurilish o'yinlari qiziqarli ijodiy faoliyatdir. Ular o'z o'yinlarida qurilishlarni transport harakati, kattalarning mehnati haqidagi taassurotlarini aks ettiradilar. Bunday o'yinlar bolalarda tashabbuskorlikni uyg'otishga, ularni fikr yuritish va harakat faoliyatlarini faollashtirishga keng imkon yaratadi. Mashg'ulot va o'yin vaqtida bolalar bir-birlari bilan turlicha munosabatda bo'ladilar. Ular rollarni o'zaro bo'lishib oladilar, ishlarni bajarishda bir birlariga yordam beradilar va maslahatlashadilar. Qurilish o'yinlarida harakat elementlari ko'p bo'lib, u bolalarning harakat qilishga nisbatan bo'lgan talablarini qondirishga yordam beradi. Bola biror narsani qura boshlaganda qurilish materiallarini tegishli joyga olib boradi, ularni stol yoki pol ustiga joylashtiradi, engashadi, bu vaqtda uning qo'llari faol harakat qiladi, ya'ni ma'lum miqdorda jismoniy kuch sarflaydi. Mayda qurilish materiallari bilan o'ynaganda qo'lning mayda muskullari yaxshi rivojlanadi. Qurilish o'yinlari o'ynash natijasida bolalarning kuzatuvchanligi ortadi, texnikaga bo'lgan qiziqishlari o'sib boradi. Bundan tashqari ular o'yin jarayonida oddiy geometrik shakllarning tuzilishi bilan ham tanishadilar. Qurilish o'yinlarining tarbiyaviy ta'siri bolalar aks ettiradigan hodisa va narsalarning g'oyaviy mazmuni o'z aksini topadi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 867.35 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 867.35 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga