Maktabgacha ta'lim sohasiga oid me'yoriy huquqiy hujjatlar Reja: 1. O'zbekiston Respublikasida ta'limga oid qonun va dasturlar. 2. Maktabgacha ta'lim sohasiga oid me'yoriy hujjatlar. O'zbekiston Respublikasida ta'limga oid qonun va dasturlar. ta'lim to'g'risida gi Qonun. Mamlakatimizda mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab ta'lim sohasida eski yondashuvlardan butunlay voz kechilib, yangicha tamoyillarga, milliy qadriyat va an'analarimizga, jahon mamlakatlarining ilg'or tajribasiga asoslanib, hayotimizni tubdan yangilash, uzoq va davomli maqsadlarni amalga oshirish uchun ta'lim va tarbiya sohasiga ustuvor ahamiyat qaratilib kelinmoqda. O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi Qonuni 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan bo'lib ushbu qonun 5 bo'lim va 34 moddadan iborat. Ushbu Qonun fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan. Jumladan ushbu qonunda bilim olish huquqi: Davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirish; Ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta'lim olishni tashkil etish; ta'lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o'qitish, shuningdek ta'lim muassasalarida shartnoma asosida to'lov evaziga kasb-hunar o'rgatish; Barcha turdagi ta'lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o'quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo'lishi; Oilada yoki o'zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o'tgan ta'lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o'tish huquqini berish orqali ta'minlanishi belgilab qo'yilgan. ta'lim to'g'risidagi Qonunga asosan ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari sifatida quyidagilar belgilab qo'yilgan: ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta'limning uzluksizligi va izchilligi; Umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi; O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo'nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; Davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; Bilimli bo'lishni va istedodni rag'batlantirish; ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg'unlashtirish. Ushbu qonunda tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega ekanligi hamda pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta'lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmasligi alohida takidlab o'tilgan. ta'lim to'g'risidagi qonunning 6-moddasida ta'lim muassasasining huquqiy maqomi nazarda tutilgan. Unga asosan, ta'lim muassasasi yuridik shaxs bo'lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi. Nodavlat ta'lim muassasasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o'tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta'lim faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'ladi. ta'lim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan. Ushbu qonunga ko'ra, ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko'rsatadi. ta'lim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin. ta'lim muassasalari ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.48 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.48 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:19 ]
Arxiv ichida: doc