Maktabgacha ta'lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyati Mavzu rejasi: 1.Maktabgacha ta'lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatining asosiy maqsadi. 2.Maktabgacha ta'lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatining vazifalari. 3.Teatr - sahnalashtirish faoliyatining shakllari. Teatr - sahnalashtirish faoliyati tamoyillari Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasiishlab chiqildi. Maktabgacha ta'limning vazifasi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma'naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash:bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o'qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta'lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o'zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog'ligini ta'minlashdan iborat. Teatr bolani ma'naviy tarbiyalaydi. Teatr - sehrli olam, unda bola o'ynab, quvonadi, o'ynab atrof olamni o'rganadi, ya'ni uning emotsional olami boyiydi. Bolada ijodga e'tibor, qiziqish, intilishning namoyon bo'lishi uning ta'surotlarini yangilaydigan emotsional undovlarni talab qiladi. Bu borada teatrlashtirish faoliyatining juda katta ijobiy ahamiyatini alohida ta'kidlash mumkin. Pedagogik jihatdan to'g'ri tashkil qilingan bu kabi faoliyat bola hayotiga yangi qimmatli mazmun olib kiradi, quvonch hissini uyg'otadi, barcha kuch va qobiliyatlari, jumladan nutqiy rivojlanish qobiliyatlarini faoliyatga safarbar qilishga undaydi. Bolalarda o'yinga bo'lgan ehtiyoj, shubhasiz, katta va u juda erta namoyon bo'ladi. Ikki-uch yoshidayoq kichkintoylar sakrayotgan quyoncha va ona tovuqqa ergashayotgan jo'jachalarni tasvirlaydi. Ular jon-dili bilan kuchukcha, mushukcha, uloqchalar qiyofasiga kiradi. Ular imitatsiyalash va taqlidiy harakatlarni bajaradi, bu harakatlar hamisha rejali, ammo favqulodda boy va shu sababli o'zida katta emotsional quvvatni jamlaydi. Teatrlashtirilgan o'yinlar bolalarni hamma vaqt o'ziga jalb qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar o'yinga jon-dili bilan kirishadi: qo'g'irchoqlarning savollariga javob beradi, ularning iltimoslarini bajaradi, maslahatlar beradi, u yoki bu obrazga kiradi. Kichkintoylar personajlar bilan birga kuladi, ular bilan birga qayg'uradi, ularni xavf-xatardan ogoh qilishga intiladi, sevgan qahramonining muvaffaqiyatsizligidan birga ko'z yoshi to'kadi, hamma vaqt unga yordamga tayyor turadi. Teatr-o'yin faoliyati shakllari xilma-xil: qo'g'irchoq teatri o'zining barcha turlari bilan. Teatr-o'yin faoliyati bolalarni badiiy tarbiyalash, estetik rivojlantirishga ko'maklashadi, ularni yangi taassurotlar bilan boyitadi, avval egallagan bilimlarini mustahkamlaydi, faollashtiradi, tashabbuskorligi, nutqi, badiiy didini rivojlantiradi. Faoliyat tasavvur uchun boy oziqa beradi. Bolalar atrof olamdan boy taassurot oladi va uni jonli o'yin harakatlari va obrazlarda gavdalantirishga intiladi. Teatr-o'yin faoliyati turlari xilma-xil va har biri o'zicha qiziqarli. Bolalar maqtanchoq xo'rozchani yoki boshqa jonivorlarni o'ynash va o'zini artist sifatida his qilishga qiziqadi. Teatr faoliyati - bola nutqini rivojlantirish uchun bitmas-tuganmas xazina. She'riy asarlarni o'ynashdan ish boshlab, sahnalarga o'tiladi, ishning yuqori cho'qqisi drama (sahna) lashtirish hisoblanadi, bunda bolalar qahramonning xarakterini ochib bergani holda savodli gapirishi lozim. So'zni sahna harakatlari bilan birlashtirish murakkab, ayniqsa ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
219.14 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
219.14 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:19 ]
Arxiv ichida: pptx