Maktabgacha ta'lim tashkilotiga qisqa muddatli guruhlarda bolalarni maktabga tayyorlash

Maktabgacha ta'lim tashkilotiga qisqa muddatli guruhlarda bolalarni maktabga tayyorlash

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha ta'lim tashkilotiga qisqa muddatli guruhlarda bolalarni maktabga tayyorlash - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha ta'lim tashkilotiga qisqa muddatli guruhlarda bolalarni maktabga tayyorlash Tayanch so'zlar: mashg'ulotlar, tarbiyachi, bolalar, qisqa muddatli guruhlar, kunning birinchi va ikkinchi yarmi, mashg'ulot turlari, ta'lim-tarbiya. Qisqa muddatli guruhlarda bolalarni maktabga tayyorlashni rejalashtirish. Rejalashtirish - bu zarur shart-sharoit, foydalanilayotgan vosita, shakl va uslublarni ko'rsatgan holda, ta'lim-tarbiya ishini amalga oshirishning tartibi va ketma-ketligini oldindan belgilash jarayoni. Umuman, ta'lim-tarbiya ishining samaradorligi rejalashtirish qay darajada pishiq-puxta o'ylangani va amalga oshirilgani bilan belgilanadi. Rejalashtirish pedagogik vaziyat rivojida noaniq holatlarning kamayishi bilan bir qatorda, pedagogning bugungi va ertangi faoliyatida uzviylikni ta'minlaydi. Ta'lim-tarbiya ishini rejalashtirish pedagogning bolalar jamoasi va ota-onalar hamkorligiga, ular tomonidan birgalikdagi faoliyat doirasidagi maqsad va vazifalarni anglash, maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalar hayotini qiziqarli va foydali bo'lishini ta'minlash istagiga asoslangan. Rejalashtirish modelini tanlashda har bir pedagogning kasbiy tayyorgarligi, tajribasi, o'z faoliyati natijalarini ko'rib, tahlil eta olishi hamda MTTdagi shart-sharoit e'tiborga olinishi zarur. Istiqbol reja - bolalar bilan ishlashda asosiy hujjat hisoblanib, u bolalar faoliyatining barcha turlarini va ularga xos kundalik ish shakllarini rejalashtirishni talab etadi. Mazkur hujjatsiz tarbiyachining ish boshlashi tavsiya etilmaydi. O'zini tutish madaniyati va ma'naviy fazilatlar bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy jarayon mobaynida (maishiy hayotda, o'yin, mehnat, mashg'ulot jarayonida) shakllantirilishi sababli, u alohida bo'lim tarzida rejalashtirilmaydi. Shuning uchun talabning murakkablashib borishini ko'zda tutgan holda, pedagogik uslub va vositalarga tayanib, istiqbolli rejalashtirishni joriy etish maqsadga muvofiqdir. Istiqbolli mavzu rejasi bir oyga tuzilib, quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi: 1.Ta'limiy faoliyat paytida ta'lim berish. 2.Bolalar bilan individual ish (ta'limiy faoliyatlardan keyin). 3.Ota-onalar bilan ishlash. Rejada guruh bolalarining ro'yxati, adabiyotlar ro'yxati, ish kuni davomida bolalar faoliyatini tashkil etish bo'yicha mashg'ulotlar jadvali kiritiladi. Kundalik reja 1-2 haftaga mo'ljallab tuziladi. U reja-konspekt shaklida yozilib, unda butun ish kuni davomidagi faoliyat batafsil yoritiladi: ertalab (bolalar bilan individual ishlash, madaniy-gigiyenik va o'z-o'ziga xizmat ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha ish, didaktik o'yinlar o'tkazish va boshq.), mashg'ulotlar davomida (uning turi, mavzusi, maqsadi, kerakli jihozi, mashg'ulotning borishi), sayr paytida (kuzatish, mehnat, harakatli o'yinlar, o'yin faoliyati, yakka ishlash, bolalarning uyga ketishi). Pedagog reja shaklini mustaqil tanlashi mumkin. Shunga qaramasdan, MTT pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan reja yozishning yagona shaklidan foydalanish tavsiya etiladi. Istiqbolga mo'ljallangan mavzular rejasi quyidagilarni nazarda tutadi: Bolalar asosiy faoliyat turlarining o'zaro bog'liqligini (o'yin, mehnat, ta'lim va h). Bir oyga mo'ljallangan vazifalarning ketma-ketlik va muntazamlilik tamoyilining amalga oshirilishini. Muayyan yosh guruhiga doir dasturning barcha bo'limlaridagi vazifalarning o'zaro bog'liqligini. Bevosita ta'limiy faoliyat, o'yin, mehnat faoliyatidan keyin ayrim bolalar bilan individual ishlashning tizimliylik asosida olib borilishini. Kuzatuvlarni bir kun oldin yoki shu kuni rejada qayd etishni. Rejani bunday ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 108.61 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 108.61 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga