Maktabgacha ta'lim tizimi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishida Reja: 1. Maktabgacha ta'lim sohaning dolzarb vazifasi. 2. 2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ-2707-sonli Qaror mazmun-mohiyati. 3. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyati. Maktabgacha ta'lim sohaning dolzarb vazifasi. Bugungi kunda yurtimizda maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiytexnik holatini yaxshilashga alohida e'tibor berilmoqda. Shu o'rinda aytish joizki, Xalq ta'limi vazirligining 2016 yil yakuniy ma'lumotlariga ko'ra, Respublikada 4916 ta maktabgacha ta'lim muassasalari mavjud bo'lib, ularda 689 ming nafardan ortiq bolalar tarbiyalanmoqda. Shundan 194 tasi nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari bo'lib, ularda 5715 nafar bolalar tarbiyalanoqda. Shu bilan bir qatorda, bolalarni maktabgacha ta'limga qamrab olish ko'rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Respublikada maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olish ko'rsatkichi 27 foizni tashkil etadi. Qamrov ko'rsatkichi, asosan, viloyat va shahar markazlardagi maktabgacha ta'lim muassasalari hisobiga to'g'ri kelmoqda. 2016 yil ko'ra Respublikada jami bog'cha yoshidagi (2-7 yosh) bolalar soni 2,5 mln.dan ortiq bo'lib, 689 ming nafarini (shulardan 40 foizi qishloq, 60 foizi shahar) maktabgacha ta'lim muassasalari qamrab olgan. Qariyb 73 foiz bolalar yesa maktabgacha ta'lim tizimidan chetda qolmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kelgusida maktab bilimini yaxshi o'zlashtirishi, maktabga moslashuvning yengil o'tishi, bola shaxsida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarning oldini olish, qiyinchiliklarni bartaraf etishni amalga oshirishda bolalarning maktabgacha ta'lim muassasasiga jalb etilganligi, ta'limga qamralganligi alohida ahamiyatga egadir. Shuni aytish joizki, shahar va qishloq muassasalari o'rtasida tafovut mavjud bo'lib, uning asosiy sabablari sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: olis tuman va qishloqlarida ijtimoiy infrastrukturaning talab darajasida emasligi; qishloq hududlaridagi maktabgacha ta'lim muassasalari binolarning eskirganligi; maktabgacha ta'lim muassasalariga oylik to'lovlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar; joylardagi maktabgacha ta'lim muassasalarida moddiy-texnik bazaning nochorligi; malakali kadrlar yetishmasligi; sifatli oziq-ovqat ta'minotining pastligi; malakali kadrlarning yetishmasligi oqibatida maktabgacha ta'lim muassasalarida nisbatan ota-onalar ishonchining yo'qolishi. Ushbu holatlarni bartaraf etish va bolalar qamrovini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2016 yil 29 dekabr kuni 2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ-2707-sonli qaror tasdiqlandi. 2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ-2707-sonli Qaror mazmun-mohiyati. Ilmiy kuzatish va tadqiqotlarda inson o'z hayoti davomida oladigan barcha ma'lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo'lgan davrda olib ulgurishi keltirilgan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o'z ona tilini o'zlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg'onadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Bunda eng avvalo oila asosiy rol o'ynasa, maktabgacha ta'lim muassasasining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining ajralmas bo'lagiga, ta'bir joiz bo'lsa, uning debochasiga aylangan. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.69 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.69 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:19 ]
Arxiv ichida: doc