Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning kontseptual yo'nalishlari

Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning kontseptual yo'nalishlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning kontseptual yo'nalishlari - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning kontseptual yo'nalishlari Reja: 1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti - ta'lim tizimini tubdan isloh qilish masalasida. 2 Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to'g'risidagi PQ-3261-sonli Qaror mazmun-mohiyati. 3 Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-5198-sonli Farmon hamda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi PQ-3305-sonli Qaror mazmun-mohiyatlari. 4 Maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilishi lozim bo'ladigan islohotlar va istiqboldagi vazifalar. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti - ta'lim tizimini tubdan isloh qilish masalasida. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 16 avgust kuni umumta'lim maktablari va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim muassasalari o'rtasida o'zaro integratsiyani ta'minlagan holda yangi o'quv yiliga tayyorgarlikning borishi, 11 yillik o'rta ta'lim tizimini joriy etish, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan isloh qilish, yangi ochilgan oliy ta'lim muassasalari, filiallar faoliyatini tashkil etish bilan bog'liq ishlar holati bilan yaqindan tanishish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim, O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi, Xalq ta'limi vazirliklari rahbarlarini qabul qilib va hisobotlarini tingladi. Muloqot chog'ida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan isloh qilish borasida berilgan topshiriqlar ijrosining borishi ko'rib chiqildi. Belgilangan vazifaga muvofiq, umumta'lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini o'z hohishiga ko'ra 10-sinfda o'qishini davom ettirishi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga qamrab olish ishlari bo'lib o'tdi. O'quv rejasiga ko'ra, 10-sinf o'quvchilari haftada 5 kun umumta'lim fanlarini va 1 kun kasbiy fanlarni o'rganishi belgilandi. Kasb-hunar kollejlaridan uzoq masofada joylashgan 2703 ta maktab uchun 1103 ta maktabda, 6956 maktab uchun esa 615 ta kollejda o'quv ishlab chiqarish majmualari tashkil etildi. Maktablarda 10-sinf ochilishi munosabati bilan 22 ming o'qituvchiga ehtiyoj yuzaga keladi. Shularning 9,5 ming nafari oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari hisobidan, 13 ming nafari litsey va kollejlar o'qituvchilarini jalb etish hisobidan qoplash rejalashtirildi. 2017-2018 o'quv yilidan boshlab, 10-sinflarda dars beradigan 116 ming nafar o'qituvchining kasbiy bilimlarini yangilash va chuqurlashtirish maqsadida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari yo'lga qo'yildi. 10-sinf o'quvchilari uchun 8,5 million nusxa darslik va o'quv-metodik qo'llanmalar chop etilib, ayni paytda ta'lim muassasalariga etkazildi. ta'lim muassasalarini yangi o'quv yiliga tayyorlash bo'yicha vertikal tizim yaratilib, vazirlikdan hududlarga 14 nafar, hududiy xalq ta'limi boshqarmalaridan tuman va shaharlarga 195 nafar, tuman va shahar xalq ta'limi bo'limlaridan har bir maktabga masullar biriktirildi. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi hamkorligida iqtidorli va qobiliyatli o'quvchilarni tanlab olish va ularni oliy ta'lim muassasalariga maqsadli tayyorlashni tashkil etish uchun har bir oliy ta'lim muassasasi huzurida bittadan akademik litsey ochish va faoliyatini yo'lga qo'yish ishlari olib borildi. 10-11-sinflar joriy etilib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.29 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.29 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga