Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning miqdor va son tasavvurlarini tarkib toptirish

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning miqdor va son tasavvurlarini tarkib toptirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning miqdor va son tasavvurlarini tarkib toptirish - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning miqdor va son tasavvurlarini tarkib toptirish Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim berish jarayonini takomillashtirishning asosiy vazifalaridan biri bo'lajak pedagogning ilmiy va uslubiy ta'minlanganligini, uning kasbiy tayyorgarligini oshirishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarda miqdor va son, narsalarning kattaliklari va shakli, geometrik figuralar haqidagi tushunchalarni shakllantirish uchun bir xil harakat usullarini har xil vaziyatlarda va har xil ko'rsatma materiallar bilan ko'p martalab aytib ko'rsatish, ularni bolalar o'zlashtirishlariga imkon beradi. Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish muammosining psixologik-pedagogik asoslari. Bolalarga matematikadan ta'lim berish va maktabgacha ta'limdagi o'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishning maqsadlaridan biri - bu bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdir. Bolalar matematik tushunchalarini rivojlantirish uchun pedagogika, falsafa, mantiq, psixologiya va boshqa bir qator fundamental fanlarda o'rganiladigan xususiyatlar va qonuniyatlarni bilish kerak. Bolalardagi matematik bilim hayotdan ajralmagan holda dunyoni chuqurroq, to'laroq o'rganishga imkon yaratadi. Bunda bolalarda matematik tushunchalardan oldin mavjud bo'lgan g'oya katta ahamiyatga egadir. Har bir yangilikdan oldin g'oya paydo bo'ladi, keyin shu yangilik kelib chiqqan natijalarni isbotlash uchun umumiy uslubni anglashga va shu natijani umumiy ifodalashga harakat qiladi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda ilk tasavvurlarni rivojlantirishni tashkil qilish. Ikkinchi kichik guruhda matematik tushunchalarni rivojlantirish yuzasidan maxsus ishlar o'tkaza boshlanadi. Bolalarni komil inson qilib tarbiyalash aniq fanlarning miqdoriy munosabatlari va fazoviy shakllarini birinchi marta idrok etishning qay darajada muvaffaqiyatli tashkil etilishiga bog'liqdir. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda miqdor va son tushunchalarini shakllantirish. O'quv yilining boshida o'rta guruh tarbiyachisi bolalarning kichik guruhda olgan bilimlarini yoz davomida malum darajada unutib qo'yganliklarini sezadi. O'rta guruhga yangi bolalar ham keladilar. 5-6 mashg'ulotni o'tilganlarni takrorlashga bag'ishlash va bolalarni yangi materialni idrok etishga tayyorlash zarurligi malum bo'ladi. Asosan sanoqni o'rgatish va sonlar bilan tanishtirish uchun zarur bo'lgan tasavvur, ko'nikma va malakalar mustahkamlanadi. O'tilgan mavzuni takrorlash uchun kichik guruh dasturida tavsiya etilgan mashqlardan bir oz murakkablashtirilgan holda foydalaniladi. Mashqlar dasturdagi topshiriqlarning 2-3 tasini bir yo'la bajarish imkonini beradi. Bolalarga to'plam ichidan ayrim narsalarni ajratish va narsalarni to'plamga birlashtirish mashq qildiriladi, ular hamma narsalar uchun umumiy bo'lgan belgilarni va narsalarning faqat bir qismi uchungina xos bo'lgan umumiy belgilarni ajrata olishga o'rgatiladi. Agar tarbiyachi bolalarning mazkur materialni yaxshi o'zlashtirganliklarini sezsa, unda bir mashg'ulot bilan cheklanib qolishi mumkin. Aks holda, bunday mashqlar yana mashg'ulotning ikkinchi qismiga kiritiladi. Adabiyotlar ro'yxati: Tolipov O'., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari T.: 2006. Ishmuhamedov R. O'quv jarayonida interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni qo'llash uslubiyati. T.: RBIMM, 2008. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. ta'limda innovatsion texnologiyalar (ta'lim muassasalari pedagog-o'qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). - T.: Istedod, 2008. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1005.09 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1005.09 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga