Maktabgacha ta'limda rasm chizish mashg'ulotrarini tashkil qilish

Maktabgacha ta'limda rasm chizish mashg'ulotrarini tashkil qilish

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha ta'limda rasm chizish mashg'ulotrarini tashkil qilish - rasmi

Material tavsifi

Mavzu. Maktabgacha ta'limda rasm chizish mashg'ulotrarini tashkil qilish Reja: Rasm chizish turlari 3. Mtt guruhlarida rasm chizish mashg'uloti. Rasm chizish bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatishda asosiy o'rin egallaydi va uchta turni o'z ichiga oladi: 1.Alohida predmetlarni chizish. 2.Mazmunli rasm chizish. 3.Dekorativ rasm chizish. Tasviriy faoliyatga o'rgatishning asosiy vazifasi - tevarak-atrofdagi borliqni tasavvur qilishda bolalarga yordam berish. Ularda kuzatuv-chanlikni rivojlantirmoq, estetik go'zallik hissini tarbiyalamoq hamda tasvirlab berish usullarini o'rgatmoqdir. Shu bilan birga, tasviriy faoliyatning eng asosiy vazifasi - ma'lum bir yosh uchun mos tasviriy materiallar bilan bolalarda turli xil predmetlarning turli timsollarini yaratish kabi ijodiy faoliyatini shakllantirish amalga oshiriladi. Hamma yosh guruhlar uchun rasm chizish faoliyatiga o'rgatishning asosiy umumiy vazifalari quyidagilar: 1.Predmetning shakli va tuzilishini tasvirlashga, ularning qismlarini o'zaro roportsiyalashni ko'rsatib berishga, harakat natijasida ulardagi o'zgartishlarga o'rgatish. 2.Tasvirini obrazli, yorqin qiladigan ba'zi bir xarakterli detallarni tasvirlashga o'rgatish. 3.Predmetning rangini, uning mazmuni va obraz xarakterini o'zaro birlashtirib berishga o'rgatish. 4.Bo'yoq, rangli qalam va boshqa materiallar bilan chizishda texnik ko'nikmalarni rivojlantirish. . Alohida predmetlarning rasmini chizish Psixologlarning qilgantadqiqotlariga ko'ra, bitta predmetni boshqa predmetlar orasidan ajratib olish uchun bolaga shu predmetni idrok qilishga, predmetning shaklini bilishga yordam berar ekan. Rassom predmetni tasvirlayotganda avval asosiy shaklning belgilarini qog'ozda belgilab oladi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolaga, ayniqsa, 3-4 yoshli bolaga tasvirlashning bunday usuli juda qiyin, chunki u predmetni butunligicha tasavvur qila olmaydi. Unga predmetni asta-sekinlik bilan bir tomonga chizish osonroq. Tasvirlashning bu usuli bolaning ishini osonlashtiradi. Oldin bitta bo'lagini tanlab, naturadagi keyingi bo'lagini eslab yoki ko'rib, shu bo'lagini bo'laklarga bo'lib, rasm chizishni davom ettiradi Mazmunli rasm chizish. Mazmunli rasm chizishning asosiy maqsadi bolaning atrof-muhitdan olgan taassurotlarini ifodalashga o'rgatishdir. Mazmunli rasm - bu bir necha mazmunning ma'lum rangda tasvirlanishi. Bolalar qaysi mazmun bo'yicha rasm chizadilar? Bolalar kichik hikoya, ertak asosida va bolalarni o'rab turgan tevarak-atrofni, tabiatni chizishga harakat qiladilar. Masalan, «Biz shanbalikda» va «Kech kuz» rasmlari bunga misol bo'la oladi. Bolalar bilan olib boriladigan bunday mashg'ulotlar ularning har tomonlama kamol topishiga yordam beradi. Bunda bolalarning aqliy qobiliyati rivojlanadi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan ro'y beradi, shuning uchun mazmunli rasm chizish o'rta guruhdan boshlab kiritilgan. Bunda ham yonma-yon turgan 2-3 ta predmetning tasviri o'rgatiladi. Mazmunli tasvirda predmetlarning bir-biridan ajratish uchun uning o'lchamini, fazodagi o'rinlariga qarab, predmetlarning katta yoki kichikligini o'rgatish kerak. Maktabgacha yoshdagi bola uchun predmetlar orasidagi fazoviy munosabatlarni farqlay olish juda qiyin . Mazmunli rasm chizishni, bog'chada o'rgatishning umumiy vazifalari quyidaglar: Mavzuning mazmunini ifodalashga uning asosini ajratishga o'rgatish. Obyektlar orasidagi o'zaro aloqani tasvirlashga o'rgatish. Obyektlar orasidagi proportsional joylashuvni tasvirlashga va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 285.15 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 285.15 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga