MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDA JISMONIY TARBIYANI tashkil ETISH SHAKLLARI REJA: Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarining mazmuni va tuzilishi Kun tartibida jismoniy - sog'lomlashtirish tadbirlari Jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllari - bu bolalarning rang-barang faoliyatini ta'lim-tarbiyaviy majmuasi bo'lib, uning asosini harakat faoliyatiga tashkil etadi Bolalar harakat faoliyatini tashkil etishini shakllari quyidagilardan iborat: 1.Jismoniy tarbiya mashg'ulotlar; 2.Kun tartibidagi jismoniy sog'lomlashtirish ishlari: ertalabki gimnastika, harakatli o'yinlar va sayr paytidagi jismoniy mashqlar, jismoniy daqiqalar, kunduzgi uyqudan so'nggi jismoniy mashqlar, chiniqtirish tadbirlari; 3.Faol dam olish: bolalar turizmi, jismoniy dam olishlari, jismoniy tarbiya bayramlari, salomatlik kunlari, ta'tillar; 4.Bolalarning mustaqil harakat faoliyati; 5.Uyga vazifa. JISMONIY TARBIYA MASHG'ULOTLARINING MAZMUNI VA TUZILISHI Jismoniy tarbiya mashg'ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam o'rgatishning asosiy shaklidir. Mashg'ulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatini mujassam shakllanishi, sog'lomlashtirish, ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir. Mashg'ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yo'nalgan holda faoliyat ko'rsata oladigan, shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya mashg'ulotlari o'zaro bog'liq uch qismdan iboratdir: Kirish - tayyorgarlik. Asosiy qism. Yakuniy qism. Jismoniy tarbiya mashg'ulotining birinchi qismi qo'yilgan vazifalar va uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga ko'ra turlicha bo'lishi mumkin. Mashg'ulotning bu qismi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va emotsional kayfiyat paydo qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim harakat ko'nikmalarini aniqlashtirishdan, bola organizmini asta-sekin mashg'ulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha intensiv tez faoliyatga tayyorlashdan iboratdir. Bunday mashqlarga quyidagilar kiradi: -saflanish mashqlari - turlicha saflanishlar va qayta saflanishlar; -turli topshiriqlar bilan bajariladigan yurish va yugurish; -tarqalib yengil yugurish hamda keyinchalik katta va kichik davra, kolonna va hakozo bo'lib saflanish; -turli ko'rinishdagi va yassitovonlikning oldini olish maqsadidagi yurishlar tovonda, oyoq uchida, poldagi qalin shnur ustida, narvonda yurish va boshqalar. Kirish qismi bolalarning kolonnaga uch to'rttadan bo'lib saflanishi, tarqalishi… bilan yakunlanadi. Bu bolalarni mashg'ulotning asosiy qismi boshlanishidagi umumrivojlantiruvchi mashqlarni o'rgatishga o'tish uchun xizmat qiladi. Bu qism kichik guruhlarda 2-4 daqiqagacha, o'rta guruhlarda 3 dan 5 daqiqagacha, katta guruhlarda 4 dan 6 daqiqagacha, davom etadi. Mashg'ulotning asosiy qismi vazifalari va mazmuni. Mashg'ulotning bu qismida bir holatda dastlab bolalarni umumrivojlantiruvchi mashqlarga, so'ngra asosiy harakatlarga o'rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari belgilanadi; ikkinchi bir holatda asosiy harakat mashqlariga o'rgatish belgilanadi. Bu mashqlar yangi harakat materiali bilan tanishtirishni, avvaldan tanish mashqlarni turli variantlardan foydalanib takrorlashni, mustahkamlanish bosqichidagi harakat ko'nikmalarini takomillashtirishni ko'zda tutadi. Shundan so'ng barcha bolalarni intensiv harakatga tortadigan qoidali harakatli o'yinlar o'tkaziladi. Mashg'ulot yakunlovchi qismi. Mashg'ulotning o'yindan so'nggi yakunlovchi qismi tobora sekinlashadigan intensiv suratdagi yurishni o'z ichiga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
89.61 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
89.61 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:20 ]
Arxiv ichida: pptx