Maktabgacha tarbiya muassasalarida tabiat bilan tanishtirish ishlarini rejalashtirish Reja: Mudiraning yillik rejasi. Istiqbolli reja, Unda faslchilik prinsipidan foydalanish. Kundalik reja Tabiat bilan tanishtirish ishiga rahbarlik qilish. Tabiat bilan tanishtirish ishiga rahbarlikning asosiy yo'nalishlari. 6.Bolalar bog'chasining yer maydonchasi Mudiraning yillik rejasi Bolalarni tabiat bilan tanishtirish ishlarini rejalashtirishdagi asosiy qo'llanma, manba «Bolalar bog'chasida ta'lim tarbiya dasturi» hisoblanadi. Bunda umumpedagogik qoidaga va rejalashtirish prinsiplariga amal qilinadi. Rejalashtirishning asosiy prinsipi bola shaxsini aqlan, axloqan shakllantirib, ularda tabiatga doir bilim, malaka va ko'nikmalar hosil qilish tabiatga nisbatan ilmiy nuqtai nazardan qarash bo'yicha oddiy tushunchalar berish, tabiatda kattalar mehnatini xurmat qilish va uni qadrlash, o'simlik va hayvonlarni sevish hamda asrash ruhida ta'lim berishdan iboratdir. Buni amalga oshirish uchun pedagogik tarbiya ishlari turli rejalashtirilgan bo'lishi, bolalarning yosh xususiyatlari ruyobga olinib ta'lim - tarbiya berish, malaka va ko'nikmalar hosil qilinishi, bunda turli - tuman ta'lim - shakllari va bolalar faolligi hisobga olingan bo'lishi lozim. Reja aniq tizim asosida izchillik bilan oddiydan murakkabga karab bir -biri bilan bog'liq turli uslub va shakllardan iborat bo'lishi kerak. Rejalashtirishning bosh maqsadi «Bolalar bog'chasining ta'lim tarbiya dasturini» tulik amalga oshirishdir. Shuning uchun xam yilning har bir fasli shunday rejalashtirilishi kerakki u uttan fasl xulosasi va kelgusida kilinadigan ishning davomi bo'lishi kerak. Rejaga turli xil ishlarni kiritilishi tarbiyachiga bolalarni har tomonlama tarbiyalashga yordam beradi. Yillik reja umumiy vazifani qamrab olib butun pedagogik jamoaning ; maqsadini o'ziga mujassamlashtiradi. Ana shulardan biri tabiat bilan tanishtirish ishini maqsadga muvofiq tashkil qilishdir. Yillik rejada tarbiyachi bilan birga tabiat bilan tanishtirishning uslubiy ish shakllari rejalashtiriladi. Bunda pedagogik majlislarning mazmuni tabiat bilan tanishtirish sohasidagi ilg'or tarbiyachilarning ish tajribalarini yoyish va ularni to'plash imkonlari (Mashg'ulot kuzatish, uni muxokama qilish, ekskursiya va xokozolar) Rejada tabiatshunoslik xarakteridagi, uslubiy mavzularidagi topshiriqlar, yo'llanmalar o'tkazish rejalashtiriladi. Yillik reja ota - onalar bilan tabiatni muhofaza qilishga doir pedagogik tashviqot targ'ibot ishlari borish xam kiritiladi. Istiqbolli reja, Unda faslchilik prinsipidan foydalanish. istiqbol rejalari bir guruh uchun tuziladi. Uni yil fasllari bo'yicha tuzish maqsadga muvofiq. Chunki bu tabiatning rang - barang xususiyatlarini hisobga olish va tabiat hodisalari bilan bolalarni tanishtirishga imkon yaratadi. Istiqbolli reja tarbiyachiga dastur materiallarini taqsimlashga yordam beradi. U bolalar bilimini, malaka va ko'nikmalarini ma'lum tizim asosida izchillik bilan borishini ta'minlaydi. Rejada jonsiz tabiat haqidagi bilim, o'simliklar haqidagi bilim, hayvonlar haqidagi, tabiatda kattalar mehnati haqidagi ma'lumotlar kiritiladi. Rejada tabiat burchagiga quyilgan vaqtincha va doimiy yangi obyektlar xam kiritilishi kerak. Bularni avvaldan aniqlashtirishdan maqsad, o'simlik va hayvonlar uchun ovqat, sharoit tayyorlab qo'yishdir. Rejada ta'limiy o'yinlar, kinofilm va diafilmlar, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.48 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.48 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:20 ]
Arxiv ichida: docx