Maktabgacha tarbiya muassasasida nutqini rivojlantirishga doir ishlar tizimi

Maktabgacha tarbiya muassasasida nutqini rivojlantirishga doir ishlar tizimi

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha tarbiya muassasasida nutqini rivojlantirishga doir ishlar tizimi - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha tarbiya muassasasida nutqini rivojlantirishga doir ishlar tizimi Reja: Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuniyatlari. «Bolajon» tayanch dasturida bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy asosi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuniyatlari. Malumki, bolaning nutqi til qonuniyatlariga to'g'ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o'zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi. Shunday qilib, til va nutq maktabgacha katta yoshdagi bolaning psixologik rivojlanishi hamda dastavval xotirasi, fikrlashi, idrok etishi, hissiyoti va ehtirosini ta'minlaydigan ikkita muhim vositadir. Birinchi qonuniyat: Ona tilidagi nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlari muskullarining mashq qildirilishiga bog'liq (shuning uchun ham so'z, ibora va gaplarni talaffuz etishni takomillashtirish uchun nutq organlarini mashq qildirishga etarli darajada etibor bermoq muhimdir). Ikkinchi qonuniyat: Nutq manosini tushunish bola tomonidan nutqning lektsik va grammatik qonuniyatlarining o'zlashtirilishiga bog'liq. Uchinchi qonuniyat: Nutq ifodaliligini o'zlashtirish bolada fonetika, lektsika va grammatikaning ifoda vositalarini tushunishga bo'lgan moyillikka bog'liq (maktabgacha katta yoshdagi bolalarni nutq ifodaliligini tushunishga o'rgatish hamda bu hissiyotlarning bola tomonidan o'zlashtirilishiga erishish lozim). To'rtinchi qonuniyat: Nutqni boyitish, avvalo, nutq ko'nikmalarini takomillashtirishga bog'liq (agar oldingi yosh bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bola nutqini shakllantirish muvaffaqiyatli bo'lgan bo'lsa, undan keyingi nutqni boyitish jarayoni hamda uni o'zlashtirish oson va tez boradi). Bundan tashqari, tadqiqotchilar tomonidan nutqni boyitish jadalligi tilni his etish, bilish imkoniyatlari (sezish, xotira, idrok qilish, fikrlash), iroda kuchining rivojlanishiga ham bog'liq. Beshinchi qonuniyat: Nutq me'yorlarini o'zlashtirish tilni his etishning rivojlanishiga Malumki, ta'limda biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bog'liq. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolalarning madaniy xulq-odatlarini shakllantirishga muayyan darajada etibor berish lozim. Ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to'g'risidagi axloqiy tasavvurlarni tarkib toptirish kerak. Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning tevarak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, o'simliklar olami, suv osti dunyosi) to'g'risidagi tasavvurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi. Nutqni rivojlantirishning samaradorligini oshirish rejasida nafaqat tevarakatrof obyektlari ustida oddiy kuzatishlar (mushohadalar) uchun, balki ularni o'rganish uchun ham sayrlar, sayohatlar o'tkazish muhimdir. Shu o'rinda tevarak-atrof obyektlarini o'rganishda nimalarga erishish mumkinligini aniqlab olishimiz lozim bo'ladi. Buning uchun, avvalo, nutq o'stirishga oid tevarak-atrof manbalarining o'zini guruhlashtirish taqozo etiladi. (2jadval) Tevarak-atrofni o'rganishda (tarbiyachilar yoki ota-onalar tomonidan) bolalar shunchaki kuzatmasliklari, balki predmetlarni ularning qismlari, elementlarini ko'rib, jarayonlar, hodisalarni idrok eta borib, ular to'g'risida mulohaza yuritishlari ham lozim. Bunga erishish uchun tarbiyachi oldiga qiyoslash, taqqoslash, ajratish, umumlashtirish, tahlil qilish va boshqa shu kabi usullardan foydalanish vazifasi qo'yiladi. Bundan tashqari, o'rganish jarayonida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mehnatning ular uchun qulay bo'lgan turlari (ariqchalarni tozalash, daraxtlar tagini yumshatish, gullarni parvarish qilish)ga jalb qilish muhimdir. Bunday yondashuv shu bilan bog'liqki, inson ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.02 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.02 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga