Maktabgacha tarbiya tizimida ona tili Reja: 1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona tilining ahamiyati 2. Til tafakkur quroli va muomala vositasi ekanligi 3. Bolalarni axloqiy va estetik ruhda tarbiya- lashda ona tilining roli 4. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar nutqini rivojlantirish 5. Boialar bog'chasida nutqni rivojlantirish dasturi, uning ilmiy asosi, tuzilishi va mazmuni 6. Dastur vazifalarini amalga oshirish yo'llari 1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona tilining ahamiyati Qayta qurish jamiyatimizning faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohasidagina emas, balki madaniy hayotida ham o'z aksini topmoqda. Ma'lumki, adabiy tilda gapirish va yozish kishilaming bir-birini tez va oson tushunishiga yordam beradi, nutqning jozibadorligini, ta'sirchanligini oshiradi. Bolalarni adabiy nutqqa o'rgatishda oila, maktabgacha tarbiya muassasalarining roli benihoyadir. Bugungi kunda bizning asosiy vazifamiz bog'cha yoshidanoq bolaning og'zaki nutqini o'stirib borishdir. 'Bola, - degan edi K. D. Ushinskiy, - ilk yoshiik chog'idayoq xalq madaniyati elementlarini o'zlashtira boshlaydi, bularni avvalo, ona tilini bilish yo'li bilan o'rganadi. Shu bois, bizning fikrimizcha, oilada, bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda ona tilidan o'rinli foydalanmoq zarur' Ma'lumki, jamiyat taraqqiyotida tilning ahamiyati juda katta. Butun dunyo xalqlarining xoh siyosiy, xoh madaniy taraq- qiyotini tilsiz tasawur qilib boMmaydi. Chunki til eng muhim aloqa vositasi, jamiyat esa aloqasiz rivojlanmaydi. Bog'chada ta'lim berish samaradorligini oshirish, bolalarni mustaqil ta'lim olishga (maktab ta'limiga) tayyorlash, yangi jamiyatning ongli quruvchilarini tarbiyalash kabi muhim va hayotiy vazifaiarni hal qilishda ona tili asosiy o'rin egallaydi. ' Xalqning milliy madaniyati va o'ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo'Imish o'zbek tilini rivojlantirish - bu tilning davlat maqomini izchil va to'liq ro'yobga chiqarish demakdir, deb ta'kidlab o'tgan edi Respublikamiz Prezidenti 1. A. Karimov. O'zbek adabiy tili o'zbek xalqining yagona, normallashgan tili sifatida og'zaki va yozma shaklda asrlar mobaynida rivojlanib, mukammallashib keldi. O'zbek adabiy tilini taraqqiyot bosqichiga ko'ra ikki adabiy tilga ajratish niumkin: eski o'zbek adabiy tili va hozirgi zamon o'zbek adabiy tili. Eski o'zbek adabiy tili o'zbek xalqining buyuk mutafakkiri Navoiy asos solgan va keyinclialik Muqimiy, Furqat kabi demokrat slioirlar tomonidan rivojlantirilgan adabiy tildir. Bu adabiy tilda yaratilgan yozma yodgorliklar o'zbek xalqi va uning tili taraqqiyot tarixini o'rganish uchun manba bo'lishi biIan birga, hozirgi zamon o'zbek adabiy tili uchun ham asos bo'lgan. Hozirgi zamon o'zbek adabiy tili eski o'zbek adabiy tilining davomi, yangi sharoitda o'zbek xalqining iqtisodiyoti va madaniyatining rivojlanishi asosida bar tomonlama boyigan shaklidir. Bolalar bog'chasi bolalarni har tomonlama, ya'ni jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik tomondan tarbiyalashdek maqsadni o'z oldiga qo'ygan. Bu maqsad esa bolalaiga ona tilini o'rgatish jarayonida amalga oshiriladi. Bog'chada ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
37.71 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
37.71 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:20 ]
Arxiv ichida: docx