Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim tarbiya berish metodlari

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim tarbiya berish metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim tarbiya berish metodlari - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim tarbiya berish metodlari Reja: Ko'rgazmali metod va o'rgatish usullari. Maktabgacha tarbiya amaliyotida rasmlar asosida suhbat o'tkazish Bolalar ishlarini tahlil qilish. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim tarbiya berish metodlari Maktabgacha pedagogikada metod deb, ta'lim-tarbiya berish maqsadida qo'llaniladigan pedagogik ta'sir etish uslublari tushuniladi. Metod o'z ichiga bolalar faoliyatini tashkil etish va unga rag'barlik qilishga qaratilgan pedagogik faoliyat usullarini, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning faoliyat turlari va usullarini qamrab oladi. (L.A.Golovchis). Har bir metodda tashqi va ichki tomonlar farqlanadi. Metodning tashqi tomoni bu tarbiyalanuvchi va pedagogning harakat usullarining sistemasidir. Metodning ichki tomoni u yoki bu harakat usullari zamirida yotadigan psixik bilish jarayonlaridan iborat. Metodning u yoki bu aniq elementlarini usullar deb nomlash qabul qilingan. Metodni tashkil etuvchi usullar qanchalik turli-tuman va boy bo'lsa, o'quv-bilish va o'quv-amaliy vazifalarni hal etish ham shuncha muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Metod va usul o'zaro dialektik aloqadadir: metodning tarkibiy qismi bo'lgan usul ayrim hollarda metod sifatidan namoyon bo'ladi. Metod va usul o'rtasidagi farq ular yordamida hal etiladigan o'quv bilish vazifalarinig hajmi va tabiatiga bog'liq: metod umumiy o'quv vazifasini (yoki uning yirik mantiqiy qismini) butunlay hal etishga, usul birmuncha kichikroq vazifani hal etishga qaratilgandir. Zamonaviy didaktikada bolalarning faoliyatini, borliqni bilish yo'llarini belgilovchi ko'rgazmali, amaliy va so'zli metodlar qo'llaniladi. (A.V.Zaporojets, T.A.Markova, V.I.Loginova, P.G.Samorukova). Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarning maktabida uch turdagi Maktabgacha ta'limda qo'llaniladigan etiladigan ko'rgazmali metodlar guruhiga quyidagilar: kuzatish, rasmlarni tomosha qilish, kinofilm va diafilmlarni namoyish qilish, shuningdek, ayrim hollarda mustaqil metodlari vazifasini bajaradigan bazi usullari: vazifa-namunasi, harakat usulini ko'rsatish va boshqalar kiradi (V.I.Loginova, P.G.Samorukova). O'rgatish metodlari-pedagogikada qabul qilingan ta'rifga ko'ra qo'yilgan masalani yechish uchun tanlangan yagona yo'l sifatida ta'riflanadi. U mashg'ulotdagi bolaning va defektologning butun faoliyatini o'rgatish usullari-ayrim yordamchi vosita bo'lib, mashg'ulotdagi faoliyatning xususiyatini aniqlamaydi, u ta'limda tor manodagi ahamiyatga ega. Ayrim metodlar mashg'ulot ishining umumiy yo'nalishini aniqlamay, balki usul sifatida namoyon bo'ladi. Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning mustaqil ishlari katta o'rin egallaydi, faqat bu mustaqil ishlarga bolalarning murakkab muammoli masalalarni yechishi kirmaydi, chunki bunday murakkab masalalar o'zoq vaqtni talab qiladi. Qolgan metodlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun murakkablik qiladi, chunki ularning deyarli barchasi muammoli masalalarni yechish bilan bog'liqdir. Maktabgacha ta'lim muassasasi uchun o'ziga xos bo'lgan asosiy guruhni o'yin usullari tashkil etadi va bu o'yinlardan turli metodlar ichida foydalanish mumkin. Ko'rgazmali metod va o'rgatish usullari. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarning borliqni bilishda kuruv idrokining, ko'rgazmali obrazli tafakurining ahamiyatini hisobga olgan holda, ularning ta'lim tarbiyasida ko'rgazmali metodlarni eng samarali metod deb hisoblash mumkin. Kuzatish- maktabgacha ta'limning asosiy, yetakchi metodlaridan biridir. Bu metodning yetakchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 276.3 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 276.3 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga