Maktabgacha yoshda o'yin faoliyatining xususiyatlari (Amaliy mashg'ulot) Reja: O'yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati ekanligi. Mazmunli-rolli o'yinlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari. Bola psixik rivojlanishida o'yinning ahamiyati. Bola psixik taraqqiyotida o'yinchoqning ahamiyati. O'yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati ekanligi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati bu o'yindir. Bog'cha yoshidagi bolalarning o'yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda ko'p olimlarning diqqatini o'ziga jalb qilib kelmoqda. Bog'cha yoshidagi bolalar o'zlarining o'yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan bilan olg'a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning xamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar. Malumki, bolaning yoshi ulgayib mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari uning atrofdagi narsa va hodisalar bo'yicha dunyoqarashi ham kengayib boradi. Bog'cha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosabatga bo'lishiga intiladi. Bu o'rinda shu narsa xarakterliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o'zining haddi sig'adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo'lgan o'zining kuchi xam etmayligan, haddi sig'maydigan narsalar bilan ham amaliy munosobatda bo'lishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani, tramvayni o'zi haydagisi, rostakam otga minib yurgisi,uchuvchi bo'lib samolyotda uchgisi va rostakam militsioner bo'lgisi keladi. Biroq tabiiyki bola o'zidagi bunday ehtiyojlarning birontasini xam haqiqiy yo'l bilan qondira olmaydi. Bu o'rinda savol tug'iladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o'rtasidagi qarama - qarshilik qanday yo'l bilan hal kilinadi? Bu qarama-qarshilik faqatgina birgina faoliyat orqali, yani bolaning o'yin faoliyati orqaligina hal qilinishi mumkin. Buni shu bilan izohlab berish mumkinki, birinchidan, bolalarning o'yin faoliyati qandaydir moddiy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni o'yinga undovchi sabab (motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas balki shu o'yin jarayonidagi turli harakatlarning mazmuni bilan bog'liqdir. Ikkinchidan esa, bolalar o'yin jarayonida o'z ixtiyorlaridagi narsalarni, o'zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo'lgan narsalarga aylantirib xohlaganlaricha erkin faoliyatda bo'ladilar. Bolalarning o'yin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlantirish uchun birdan bir vositadir. O'yin bolalar hayotida shunday ko'p qirrali faoliyatki, unda kattalarga mansub bo'lgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qilish, xom xayol, dam olish va xushchaqchaqlik manbalari ham mujjasamlangandir, yani mana shu jarayonlarning barchasi o'yin faoliyatida aniq bo'ladi. Shuni xam takidlab o'tish kerakki, o'yin faqat tashqi muhitdagi narsa hodisalarni bilish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy va syujetli o'yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning individual xislatlari xam shakllanadi. Demak, bog'chadagi ta'lim- tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko'p jihatdan bolalarning o'yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila borishga bog'liqdir. Shunday qilib, o'yin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha bolalar xayolining o'zi o'yin jarayonida yuzaga kelib rivojlanadigan narsadir. Shuni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.5 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.5 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:20 ]
Arxiv ichida: docx