Maktabgacha yoshdagi bolalar mehnat faoliyatining xususiyatlari Reja: Bog'cha yoshidagi bolada mehnat ko'nikmalarining shakllanishi. Bog'cha yoshidagi bolada mehnatga ijtimoiy-psixologik tayyorligining shakllanishi. Mehnat faoliyatining bola ruhiy rivojlanishiga ta'siri. Bog'cha yoshidagi bolada mehnat ko'nikmalarining shakllanishi Bolalarning mehnat faoliyatlarini o'zida qampagan mashg'ulotlar asosan bog'cha yoshidagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalarning mehnatlari juda sodda va elementar bo'lsa ham ularning psixik taraqqiyotlarida juda katta ahamiyatga egadir. Bog'cha yoshidagi bolalar bilan o'tkaziladigan cifatlar natijasida bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi tug'iladi. Kattalarning mehnat faoliyatlariga taqlid qilish dastavval bolalarning o'yinlarida namoyon bo'ladi. Bolalar kattalarning mehnat faoliyatlarini o'zlarining o'yinlarida taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida bevosita qatnashish uchun xapakat qila boshladilar. Masalan.: qiz bolalar onalari kir yuvayotganda ayrim kichikroq narsalarni (dastrumolchalarni) chayishda qatnashadilar. Uy va xovlilarni yig'ishtirib supurishga, o'g'il bolalar esa otasi bajarayotgan ishda qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarni mehnatining natijasiga qarab emas, balki mehnat jarayonining o'ziga qiziqishi psixologik jihatdan xarakterlidir. Bog'cha yoshidagi bolalarning ishiga baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol o'ynaydi. Bolalar kuchlari yetadigan ishlarni bajarayotganlarida ko'p xatolarga yo'l qo'yishlari turgan gap. Lekin bunda bolalarni mehnatga jalb qilmaslik kerak, bolalarning bajaradigan ishlarini kattalarning o'zlari bir pasda qilib qo'yishlari mumkin degan ma'no kelib chiqadi. Sharq xalqida bir maqol bor: Bolaga ish buyur, ketidan o'zing yugur. Bu juda to'g'ri, hayotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday bajarayotganliklaridan ko'z-quloq bo'lib turish kerak, degan ma'noni bildiradi. Bolalarda xususan, kichik yoshdagi bog'cha bolalarida hali mehnat malakalari yo'q, qo'l muskullari yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Ana shuning uchun bolalar qasddan yoki anqovliklaridan - emas balki eplay olmasliklaridan biron narsani tushirib sindirib yuborishlari mumkin. Ana shunday faloqat yuz bergan paytda bolani anqov, ko'zingga qapacang bo'lmaydimi deb urishish yoki koyish yaramaydi. Buning o'rniga bolaga shu mehnatni qanday qilib bajarishni ko'rsatib berish lozim. Bog'cha yoshidagi bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda ularni inoq jamoaga uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Jamoa bo'lib mehnat qilishda tarbiyachi hap bir bolaga ma'lum bir mehnatni bajarishni buyuradi. Ana shu tariqa bolalar jips jamoa bo'lib mehnat faoliyati bilan shug'ullanadilar. Masalan, katta guruh bolalari jamoa bo'lib navbatchilik qiladilar. Bunda bir bola stolga dasturxon yozib chiqsa, ikkinchisi qoshiq va vilkalarni qo'yib chiqadi, uchinchi bola esa stulchalarni qo'yib chiqsa, to'rtinchi bola stolga nonlarni qo'yib chiqishi mumkin. Bog'chada navbatchilikka o'rgangan bolalar oilada ham yordamlashadigan bo'ladilar. Umuman, o'rta va katta yoshdagi bog'cha bolalariga oilada kuchlari yetadigan mehnat topshiriqlarini berish kerak. Bu ularni mehnatsevarlikka tarbiyalashda va ularda ayrim mehnat malakalari hosil bo'lishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok yetmagan bolani ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.63 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.63 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:20 ]
Arxiv ichida: docx