Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy - pedagogik shart-sharoitlari Reja: Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuniyatlari. Bolalar nutqini o'stirish bo'yicha ishlarni rejalashtirsh. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuniyatlari. Ma'lumki, bolaning nutqi til qonuniyatlariga to'g'ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o'zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi. Shunday qilib, til va nutq maktabgacha katta yoshdagi bolaning psixologik rivojlanishi hamda dastavval xotirasi, fikrlashi, idrok etishi, hissiyoti va ehtirosini ta'minlaydigan ikkita muhim vositadir. Birinchi qonuniyat: Ona tilidagi nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlari muskullarining mashq qildirilishiga bog'liq (shuning uchun ham so'z, ibora va gaplarni talaffuz etishni takomillashtirish uchun nutq organlarini mashq qildirishga yetarli darajada e'tibor bermoq muhimdir). Ikkinchi qonuniyat: Nutq ma'nosini tushunish bola tomonidan nutqning leksik va grammatik qonuniyatlarining o'zlashtirilishiga bog'liq. Uchinchi qonuniyat: Nutq ifodaliligini o'zlashtirish bolada fonetika, leksika va grammatikaning ifoda vositalarini tushunishga bo'lgan moyillikka bog'liq (maktabgacha katta yoshdagi bolalarni nutq ifodaliligini tushunishga o'rgatish hamda bu hissiyotlarning bola tomonidan o'zlashtirilishiga erishish lozim). To'rtinchi qonuniyat: Nutqni boyitish, avvalo, nutq ko'nikmalarini takomillashtirishga bog'liq (agar oldingi yosh bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bola nutqini shakllantirish muvaffaqiyatli bo'lgan bo'lsa, undan keyingi nutqni boyitish jarayoni hamda uni o'zlashtirish oson va tez boradi). Bundan tashqari, tadqiqotchilar tomonidan nutqni boyitish jadalligi tilni his etish, bilish imkoniyatlari (sezish, xotira, idrok qilish, fikrlash), iroda kuchining rivojlanishiga ham bog'liq. Beshinchi qonuniyat: Nutq me'yorlarini o'zlashtirish tilni his etishning rivojlanishi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ko'p jihatdan quyidagi narsalarning to'g'ri hal etilishiga bog'liq: nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar (tarbiyachi va ota- onalarning ma'lum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga o'qib yoki aytib beriladigan ertaklar, qo'shiqlar, hikoyalar); ta'limning didaktik materiallarni o'zlashtirish uchun foydalaniladigan metod va usullari; ta'limni tashkil etish (tevarak-atrof obyektlarini saralash, shunga bog'liq nutq o'stirishni rejalashtirish). o'quv materialining mazmuni, uni o'rganishning ayrim usullari hamda ularga tegishli tamoyillarga tayanib, tarbiyachi nutq o'stirish bilan bog'liq bo'lgan barcha ishlarni rejalashtirmog'i zarur. Biz ayni muammoga oid tadqiqot ishlari olib borish jarayonida nutq o'stirish borasida quyidagi didaktik tamoyillarga tayanib ish ko'rish yaxshi natija beradi degan xulosaga keldik: nutq organlari hamda qo'lni o'rgatish uchun nutq materialini tushunish; nutq ahamiyatini tushunish hamda leksik va grammatik ko'nikmalarni rivojlantirish; nutq ifodaliligini baholash. Buning uchun maktabgacha yoshdagi katta bolalarda muayyan hissiyotni rivojlantiradigan didaktik materiallarni tanlash maqsadga muvofiqdir; ona tiliga muhabbat tuyg'usini rivojlantirish tamoyili (bu o'rinda bolalarga, xususan, nutqda ona tili faktlarini qo'llash an'anasini o'zlashtirish bo'yicha ta'limni tashkil etish nazarda tutiladi); muayyan mavzuga oid yozma nutqni og'zaki nutq bilan qiyoslash; nutqning asta-sekin boyib borishi. Bolalar nutqini o'stirish bo'yicha ishlarni rejalashtirsh. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish - bu ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
186.5 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
186.5 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:20 ]
Arxiv ichida: pptx