Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash texnologiyalari

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash texnologiyalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash texnologiyalari - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash texnologiyalari Reja: Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash tamoyillari Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda maxsus maktabgacha ta'lim muasassi va oila hamkorligi Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash tamoyillari Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama kamol toptirish hamda maktab ta'limiga tayyorlash- maktabgacha tarbiya muassasalarning asosiy vazifasidir. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi: Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarga ta'lim berishda ularning nutqini o'stirish vazifasi ularni har tomonlama rivojlantirib borish negizida hal etiladi. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarning nutqiy rivojlanishi ularning kundalik hayotida hamda ta'lim dasturida belgilangan barcha faoliyat turlarinini tashkil etish jarayonida va uyg'unlikda ta'minlanishi zarur. ta'limiy, tarbiyaviy va korreksion vazifalar maxsus yo'naltirilgan ta'lim vositasida hal etiladi. Bunda ta'lim berishning umumiy va maxsus metod va usullaridan foydalanib, eshitish, ko'rish va bilish qobiliyatining buzilishi bilan bog'liq kamchiliklarni kompensatsiyalash vazifalari ko'zlanadi. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda pedagogning predmetli va nutqiy xattiharakatlarga taqlid qilishga o'rgatish, ularning diqqatini so'zlayotgan shaxslarga jalb qilish, taqlid asosida so'zlash ko'nikmalarini shakllantirish ko'zda tutiladi. Pedagog xatti-harakatlariga taqlid qilish yirik va mayda motorikani rivojlantirishga qaratilgan «Ko'zgu», «Maymunchalar», «Mana shunday bajar» kabi pedagogik texnologiya jarayonida o'rgatib borildi. Ularda bolalar turli-tuman harakatlar va tana holatlari, yuz mimikasi va emotsional holatni takrorlashga o'rganadilar. Nutqning motor-harakat asosini yaratish, shuningdek, keyinchalik daktil nutq shaklini o'zlashtirish maqsadida asosiy etibor mayda ga qaratiladi. Nutqni rivojlantirishga oid mashg'ulotlar mavzuiy tamoyilga rioya qilingan holda tashkil etiladi. Malumki, dasturda berilgan mavzular mazmunining bolalar hayotiga yaqin va bog'liqligi («O'yinchoqlar», «Oila», «Mevalar va sabzavotlar», «Oziq-ovqatlar», «Kiyimlar», «Oyoq kiyimlar», «Tana a'zolari», «Hayvonlar», «Jihozlar», «Idish-tovoqlar», «Bayram», «Ob-havo»), ta'lim muddatlari, muayyan mavsumiy davr bilan bog'liq holda yil davomida takrorlanib keladi. Tevarak-atrof bilan tanishish, o'yinlar, tasviriy faoliyat jarayonida mana shu mavzular birdek etibor markazida bo'ldiki, bu nutqiy material mazmuni ustida ish olib borishda puxta ko'rgazmali asos yaratishga imkon berdi. Taqdim etiluvchi lug'at materiali turli maishiy vaziyatlarda, bolalarning erkin faoliyatida, defektolog va pedagogning barcha mashg'ulotlarida ishlatiladi. Muayyan mavzu bo'yicha nutqiy material hajmining uncha katta bo'lmasligi etiborga olib boriladi. Bu materiallarning bolalardan turli fikriy va nutqiy faollikni talab qiladigan turli xildagi o'yinlarda, shuningdek, boshqa qator ish turlarida ishtirok etishlari jarayonida ko'p martalab takrorlanishiga alohida etibor qaratildi. Masalan, «Kiyimlar» mavzusi bo'yicha mashg'ulot o'tkazishda har xil kiyimlarni ularning nomlarini atagan holda ko'rib chiqish, turli ko'rinishdagi ko'ylaklar, shimlar va h.k. tasvirlangan rasmlarni tanlash, qirqilgan rasm qismlarini joy-joyiga qo'yib chiqish, kiyimlarning etishmagan qismlarini chizib to'ldirish, qo'g'irchoqlarni qiyintirish kabi usullardan foydalaniladi. Ana shunday pedagogik texnologiya bilan so'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.87 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.87 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga