Maktabgacha yoshdagi bolalarni rasm chizish faoliyatiga o'rgatish (4-amaliy mashg'ulot) Аlohida predmetlarning rasmini chizishga o'rgatishda shakllarni tasvirlash jarayonidagi xatoliklar faqatgina bolaning noto'g'ri tushunchalari va ko'nikmalarning yetarli emasligi predmetni to'g'ri idrok etishni bilmasligi bilan tushuntiriladi. Bolaning tasvirlay olish qobiliyati hali yaxshi rivojlanmagani uchun uning oldida fikr yuritib tasvirlash kabi qiyinchiliklari ham turadi. Rasmda shakl to'g'ri kontur bilan chegaralab chiqilgan, lekin shu bilan birga ishning 1-bosqichlari chiziqlarni to'g'ri aniq chizish va konturlarni (aniqlash) tasviriy, rasmda ishlash jarayonining vazifasi bo'lib hisoblanmaydi. Agar umumiy shakl topilmagan bo'lsa, konturni to'g'ri chiziq bilan chizib bo'lmaydi, chunki u har doim o'zgaruvchan, shunga qarab uni chizish ham o'zgaradi, ya'ni nitijasi, rasmning oxiri yo'nalishi ham o'zgaruvchandir. Barcha yosh guruhlar uchun rasm chizish faoliyatiga o'rgatishning asosiy umumiy vazifalari quyidagilar: 1.Predmetning shakli va tuzilishini tasvirlashga, ularning kismlarini o'zaro proporsiyalashni ko'rsatib berishga, harakat natijasida ularda o'zgatishlarda o'rgatish. 2.Tasvirlashning obrazli, yorqin qismlarni tasvirlashga o'rgatish. 3.Predmetning rangini, uning mazmuni va obraz xarakterini o'zaro birlashtirib berishga o'rgatish. 4.Bo'yoq, rangli qalam va boshqa materiallar bilan chizishda texnik ko'nikmalarni rivojlantirish. Syujetli rasm chizish. Syujetli rasm chizishning maqsadi bolaning atrof-muhitdan olgan taassurotlarini ifodalashga o'rgatishdir. Syujetli rasm chizish o'rta guruhdan boshlab kiritilgan. Bunda ham yonma-yon turgan 2-3 ta predmetni tasvirlash o'rgatiladi. Syujetli tasvirda predmetlarning bir-biridan ajratish uchun uning o'lchamini, fazodagi o'rinlariga qarab, predmetlarning katta yoki kichikligini o'rgatish kerak. Maktabgacha yoshdagi bola uchun predmetlar orasidagi fazoviy munosabatlarni farqlay olish juda qiyin. Syujetli rasm chizish o'rgatishning umumiy vazifalari quyidagilar: Mavzuning mazmunini ifodalashda uning asosini ajratishga o'rgatish. Obyektlar orasidagi o'zaro aloqani tasvirlashga o'rgatish. Obyektlar orasidagi proporsional joylashuvni tasvirlashga va ularning fazodagi o'rinlarini ko'rsatishga o'rgatish. Dekorativ rasm chizish. Dyekorativ rasm chizish tasviriy faoliyatning boshqa turlari kabi bolada estetik tuyg'uni rivojlantiradi. Bolalarni xalq amaliy san'ati namunalari bil an tanishtirishda tarbiyachi vatanparvarlik ruhini shu san'at asarlarini yaratayotgan odamlarning mehnatiga hurmat kabi tuyg'ular tarbiyalanadi. Dekorativ rasm chizish quyidagi umumiy vazifalarni o'z ichiga oladi: Naqshning turlicha shakllarini bog'liq holda kompozitsion hisni shakllantirish; Rang qobiliyatlarini rivojlantirish; Xalq amaliy san'atining stillarining farqlashga va ularning alohida elementlarini bolalarning o'z ijodida foydalanishga o'rgatish; Qalam va mo'yqalam bilan chizishning texnik ko'nikmalarini mustahkamlash. Bolalarni dekorativ rasm chizishga o'rgatishda tarbiyachi ularda naqsh komponentlarining o'zaro bog'liqligini, rangini, kompozitsiyasini shakl elementini ko'rishga o'rgatadi. Dekorativ rasm chizishda rang qobiliyatining rivojlanishi asosiy masala bo'lib hisoblanadi.Bolalarda rasm chizish ko'nikmasi asosan og'zaki nutq orqali amalga oshiriladi. Masalan: bola bironta qiz, uy rasmlarini chizib, unga kichik ertak ham to'qishi mumkin. Ma'lum maqsadli rasm bolaga ko'rsatilayotganda aniq maqsadga ega bo'lishi kerak. Bola ko'rsatilayotgan rasmni ko'rib chiza oladi. Bolalarga ishlangan rasmlar namunasidan ko'rsatib quyidagilarga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
274.06 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
274.06 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:20 ]
Arxiv ichida: docx