Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatishning metod va usullari Reja: 1. Ko'rgazmali metod va o'rgatish usullari. 2. Naturadan foydalanish. Rasmlardan foydalanish. 3. Bolalar ishlarini tahlil qilish. Og'zaki metod va o'rgatish usullari 4. Suhbat o'rgatish metodi. Amaliy metodlar. 5. Badiiy adabiyotning obrazlaridan foydalanish. Maktabgacha ta'lim tashkiloti uchun o'ziga xos bo'lgan asosiy guruhni o'yin usullari tashkil etadi va bu o'yinlardan turli metodlar ichida foydalanish mumkin. Ko'rgazmali metod va o'rgatish usullari. Kuzatish metodi tasviriy faoliyatga o'rgatish tizimining umumiy asosini tashkil qiladi. Chunki, u atrof-muhitni o'rganishda, bilish hamda uni aks ettirishda muhim omil sifatida xizmat qiladi Ko'rgazmali metod va o'rgatish usullariga naturadan, rasm reproduktsiyalaridan, namunadan, boshqa ko'rgazmali qo'llanmalardan foydalanish, alohida predmetlarni ko'rib chiqish, tarbiyachi tomonidan tasvirlash usullarini ko'rsatib berish kabilar kiradi. Naturadan foydalanish. Tasviriy san'atda naturadan foydalanish deganda, kuzatish asosida predmet yoki ko'rinishni tasvirlash tushuniladi. Naturadan foydalanib ishlanganda chizayotgan kishining ko'ziga nisbatan naturaning qay holatda turganini hisobga olgan holda ma'lum bir nuqtai nazardan turib, predmet ko'rinishi tasvirlanadi Bu naturadan olib tasvirlash xususiyati mashg'ulot mobaynida o'zgacha idrokning rivojlanishiga ko'mak beradi. Bunda asosiysi bolaning idroki bo'lib, tekislikda tasvirlangan predmet (rasm, applikatsiya) faqat bir tomondan idrok qilinadi; Natura bilan ishlashlarining o'ziga xos farqi bor. Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalar uchun sodda shaklli, aniq chizmali bo'lishi kerak. Masalan: bolalar mashinani yon tomonidan, qo'g'irchoqni oldidan chizadilar va bunda hajmini yetkazib berolmaydilar. Agar guruhda bolalar soni ko'p bo'lsa, barchasiga teng ko'rinishi uchun 2-3 ta bir xil predmet qo'yiladi. Tarbiyachi naturani bolalar bilan birgalikda qismlarga ajratib ko'rib chiqadi, bunda u tahlil jarayonini osonlashtirib, o'z so'zlari, harakatlari bilan yo'naltiradi. Bunday ko'nikmalar bolalarda 5-6 yoshda rivojlana boshlaydi. Bu yoshda bolalar tasvirlayotgan ishlarini naturaga nisbatan taqqoslashga urinadilar Mashg'ulotda predmetlarni ko'rib chiqish. Kichik va o'rta guruhlarda ko'pincha mashg'ulot boshida alohida predmetlar ko'rsatiladi. Bolalar diqqatini topshiriqqa qaratish va tasavvurlarini jonlantirish maqsadida bolalarga koptok, lenta (tasma), belkurak va Shu kabilar ko'rsatiladi. Mashg'ulotning qolgan vaqti mobaynida esa, bolalar o'z tasavvurlari asosida chizadilar. . Katta guruhda ham predmetlarni ko'rib chiqish uchun imkon bo'ladi. Masalan: Uch ayiq ertagi mavzusi bo'yicha rasm chizishdan yoki buyum yasashdan avval, tarbiyachi bolalarga o'yinchoq ayiqni ko'rib chiqishni, predmet shaklining asosiy xususiyatlarini va ayrim qismlarning proportsiya nisbatlarini aniqlashni, so'ng predmetning burilishiga nisbatan Shu ayrim qismlarning o'zgarishini kuzatishni taklif qiladi. Namunadan foydalanish. Namunadan foydalanish ko'proq o'rgatish usuliga taalluqlidir. Bolalarning umumiy estetik didlarini oshirish uchun chiroyli predmetlarni tomosha qildirish kerak. Masalan: gilamlar, vazalar, kashtachilik va hokazo. Dekorativ rasm chizish mashg'ulotlarida bolalar ko'rgan predmetlarini aks ettirib, ulardagi nAQSHlarni qayta chizibgina qolmay, balki mustaqil ravishda nAQSHlarni aks ettirib, yorqin rang va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.87 MB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.87 MB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:20 ]
Arxiv ichida: pptx