Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini, ijodkorligini rivojlanganlik darajasini aniqlash

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini, ijodkorligini rivojlanganlik darajasini aniqlash

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini, ijodkorligini rivojlanganlik darajasini aniqlash - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini, ijodkorligini rivojlanganlik darajasini aniqlash Reja: 1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini,ijodkorligini rivojlanganlik darajasini aniqlash usullari. 2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodkorligini rivojlanganlik darajasini aniqlovchi testlar. Ijodiy rivojlanish Kichik soha: Dunyoni badiiy tasavvur etish Talab: Bola turli xil san'at vositalaridan foydalanib, dunyoni his etish va tushunishini namoyish etadi 3-4 yosh. Illyustratsiya, o'yinchoq, xalq amaliy san'ati asarlarini o'rganishda emotsional ta'sirlanadi; tabiat obyektlarida, o'yinchoq, bolalarning o'z kiyimlarida ranglar jilosini anglaydi; tasviriy san'at elementlaridan foydalanadi. 4-5 yosh. O'zbekiston xalq amaliy san'ati haqida ilk tushunchaga ega (so'zana, keramika); ayrim arxitektura qurilmalari haqida tushunchaga ega (yashash joyi va jamoat joyi); 5-6 yosh. amaliy san'at turlari haqida birlamchi tuShunchaga ega; shaxsiy loyihalar yaratishda g'oyalar bildiradi; tabiiy materiallardan qo'l ishlari yasaydi; kiyimlarni bezashi, guldastalar tuzishi, sodda retsept asosida taom tayyorlashi mumkin. 6-7 yosh. tanish asarlarni mustaqil so'zlab beradi; tasviriy san'at turlarini farqlaydi. Kichik soha: Badiiy-ijodiy qobiliyatlar Talab: Bola atrofdagi borliqni ijodiy o'zgartirish malakasiga ega 3-4 yosh. tasviriy materiallar nomini biladi va to'g'ri qo'llaydi; sodda kompozitsiyalar, alohida buyumlarni chizadi; tasvirlanayotgan predmetlarga mos ranglarni tanlaydi va bo'yaydi; plastilindan berilgan sodda shakllarni yasaydi; tayyor shakllardan tasvirlar yaratadi, turli shakldagi qog'ozlarni yasatadi; qumdan turli shakl va piramidalar quradi. 4-5 yosh. predmetlar shaklini aniq ko'rsatgan holda qismlarga boy tasvirlar chizadi; syujetli rasm, predmet va personajlar chizadi; shakllarni turli texnika asosida bo'yaydi; loy, xamir va plastilindan yasaydi; faoliyati boshida ko'z oldiga keltirib tasavvur qiladi; 5-6 yosh. murakkab predmetlar chizadi va ularni dekorativ nAQSHlar bilan yasatadi (choynak, gilam, ro'mol, lagan); xotira yoki tasavvuriga ko'ra syujet yaratadi; qog'ozdan va tabiat materiallardan applikatsiya-hajmli oranjirovkalar yaratadi (siluetlar, otkritkalar, kitob yorliqlari); muhit yoki shaxsiy loyihalarini yasatadi; qog'oz buklash, yirtish, qirqish yo'li bilan shakllarni harakati va proportsiyalarini yoritgan holda kichik syujetli kompozitsiyalar yaratadi; shaxsiy ishlarida turli ifoda vositalarini qo'llaydi; jamoaviy loyihalarda g'oyalar taklif etadi. 6-7 yosh. turli predmetlardan kompozitsiyalar yaratadi; g'oya yaratadi va tatbiq etadi; maqsadga erishishda o'rindosh sifatida turli predmetlar qo'llaydi; olamni o'zgartirishda insonning yaratuvchi rolini anglaydi; buyumlarni ikkilamchi qo'llashda g'oyalar taklif etishi mumkin. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.34 MB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.34 MB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga