Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishida harakatli o'yinlarning mazmuni va metodikasi (3-amashliy mashg'ulot) Milliy harakatli o'yinlarni mashg'ulotlar davomida qo'llash bolalarda katta qiziqish uyg'otadi, ularni kayfiyati va boshqa ruhiy sifatlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Tarixmizdan meros bo'lib qolgan o'zbek xalq milliy o'yinlari xayotda tadbiq etishga kengroq yo'l ochib berilishi, uni ommaviy tus oldirlishi, oilada, maktabgacha ta'lim muassasalarida, maktablarda, dam olish joylarida, xar xil marosim va bayramlarda uni tashkillashtirish o'sib kelayotgan yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta'sir etish muqarrardir. Milliy xalq o'yinlari qadimqadim zamonlardan boshlab, xalq marosimlarida, urf-odatlarda mustaqil bir soha sifatida musobaqalarda, baxshilarda keng qo'llangan bo'lib, ming yillar davomida rivojlanib, tokomillashib kelgan. Xalq milliy o'yinlari ming yillar davomida bizgacha yetib kelgan o'zbek milliy xalq o'yinlari Otda chopish, Qiz quvlash, Uloq, Kamonda otish, Хo'roz jangi, Besh tosh, Sapalak, Jambalak xola, Kurash, Kim tez o'raydi, Chillak kabi va boshqa o'yinlar orqali botirlik, epchillik, muvozanatni saqlash sifatlarini rivojlantirishda, hamda qaddi qomatni shakllantirish, axloq odob, ong, xotira, diqqat kabi xislatlarni sayqal toptirishda va albatta sog'liqni mustahkamlashda eng samarali vosita bo'lib kelgan. Xalq milliy o'yinlari, jumladan o'zbek milliy o'yinlari barcha xalq elatlari kashfiyotlari kabi (musiqa, kulolchilik, gilam to'qish asboblari, ashula va raqs va boshqalar) insoniyat tarixining turli ijtimoiy iqtisodiy bosqichlarida taraqqiy etgan o'ziga xos etno va filoontogenetik xususiyatlari asosida ixtiro qilingan va shakllanib kelgan. O'zbek xalq o'yinlarni o'ziga xos urf odatlaridan, turmush sharaotlaridan, yashash iqlimi, tarixi obidalar, atrof-muhit sharoitidan kelib chiqqan bo'lib, shularga yarasha jinsiga, yoshiga, slomatligiga ko'ra qo'llangan lekin shu vaqtgacha aksariyat mutaxassislar o'zbek xalq o'yinlariga alohida tasnif (klassifikatsiya) va tavsif (xarakteristika) berishni ko'zda tutmaganlar yoki yetarli darajada ahamiyat bermaganlar. Ta'kidlash joizki, agar shunday tasnif va tavsif berilsa, o'zbek xalq o'yinlari va umuman xarakatli o'yinlar ancha yutiqqa ega bo'lgan edi. Chunki har bir o'yinni tasnifini va tavsifini bilgan holdagina undan foydalanish zaruriyati ham, joyi xam to'g'ri belgilanadi. Ma'lumki o'zbek xalq o'yinlari o'z ichiga harakat jihatidan har xil jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo'naltirilgan o'yinlarni qamrab olgan. Shu bois ularni yo'nallishlari bo'yicha ajrata bilish zarur deb topiladi. Demak ularni tasniflash (klassifikasiyalash) zarur o'rinni egallaydi. O'zbek xalq o'yinlari klassifikatsiyasi. Hayotiy zarur harakat malakalarini shakllantiruvchi o'yinlar: osilish va osilib chiqish: Maymunchalar,Oq ayiqlar; yurish, yugirish: Quvlashmachoq, Mokki; O'tirish-turish: Baqa, Tovuq va tulkilar; to'xtash sakrash: Qarmoqcha. Jismoniy sifatlari rivojlantiruvchi o'yinlar: kuch: Tortishmachoq; tezkorlik: Kun va tun; epchillik: To'p uchun kurash, Lapta, Qirq tosh, Besh tosh; chidamkorlik: Quvib yet; egiluvchanlik: Ko'prik va mushuk, Kurash, Sapalak, Xo'roz jangi. Aqliy-ruhiy qobiliyatlari rivojlantiruvchi o'yinlar: diqqat: Ta'qiqlangan harakat; xotira Daqiqa; hissiyot: To'xta; tafakkur: Shaxmat; ayyorlik Mandan zo'r; jasurlik Cho'nqa shuvoq . ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
229.31 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
229.31 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:20 ]
Arxiv ichida: docx