Maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnat tarbiyasi Reja: 1. Mehnat tarbiyasining nazariy asoslari. 2. Maktabgacha ta'lim tashkilotida mehnat tarbiyasining mazmuni. 3. Yosh avlod tarbiyasida mehnat tarbiyasining vazifalari. 4. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish. Mehnat tarbiyasining nazariy asoslari Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechirishi uchun hamisha asos bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Mehnat farovon, baxtli hayot kechirishning eng asosiy sharti bo'lganligi sababli ham fuqarolar uchun majburiydir.Mehnat odamlarning biror bir maqsad uchun sarflagan vaqti, aqliy va jismoniy kuchi yoki zarur faoliyatidir. Mehnatsiz yashamoq mumkin emas.Barcha tirik mavjudod nimanidir iste'mol qilish hisobiga yashaydi, umrini davom ettiradi. Yerda yashovchi mayda qurt-qumursqadan tortib, parrandalargacha, suv ostida yashovchi jonivorlardan tortib, ulkan hayvonlargacha ovqatsiz yashay olmaydilar. Xuddi shuningdek, odamlar ham uzluksiz ovqatlanadi, hayot kechiradi. Boshqa tirik mavjudodlardan farqli odamlar qiyinishadi, uy-joy qurishadi, savdo-sotiq qilishadi, ijod qilishadi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun tirikchilik manbai bo'lgan pul kerak. Pul topish uchun, o'zlariga kerakli narsalarni yaratish uchun odamlar mehnat qilishlari zarur. Ota-bobolarimiz asrlar davomida mehnatni ulug'lab kelganlar. Bizga ulardan meros bo'lib qolgan barcha xazinalar - ilmiy, badiiy kitoblar, san'at asarlari, me'morchilik obidalari mehnat mahsulidir. Jahon fanining rivojiga bebaho hissa qo'shgan al Xorazmiy, Ibn Sino, Ismoil al Buxoriy, A.Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur kabi bobokalonlarimiz mehnatsevarliklari tufayli ulkan yutuqlarni qo'lga kiritishgan, yoshlarni ham mehnat qilishga chaqirishgan. Shu boisdan jahonning barcha xalqlari maqollarida bo'lgani kabi o'zbek maqollarida ham mehnat tarbiyasi markaziy o'rinlarni egallagan. Azaldan mehnatkash, tinib-tinchimas xalqimiz o'zining mehnati bilan bog'larni gulistonga, cho'lni bo'stonga aylantirib kelmoqda Qadimda ota- bobolarimizning mehnat haqida aytilgan dono naqllari hozirga qadar ham o'z kadrini yo'qotgani yo'q. Masalan: Mehnat qilsang, ko'ksing tog', Hurmat qilsang, diling bog'. Mehnatli non-shakar, Mehnatsiz non-zahar. Mehnat baxt keltirar. Mehnat qilib topganing Qandu asal totganing. Bu maqollar orqali dono xalqimiz mehnatni ulug'laydi, uning samarasi haqida fikr yuritadi. O'zbek bolalar yozuvchisi va shoirlari ham kattalar mehnatining mazmunini yoritib berganlar. Bunga K.Muhammadiyning Etik, Bir xovuch yong'oq, Q.Hikmatning Suv kabi she'rlari misol bo'ladi. Yuqorida aytganlarimizdan ko'rinib turibdiki, mehnat har qanday moddiy va ma'naviy boyliklarning asosiy manbai, shu bilan birga shaxsni har tomonlama kamol toptirishning muhim vositasidir. Mehnat jarayonida insoniy xislatlarning faol namoyon bo'lishi uchun eng qulay sharoitlar yaratadi va har bir kishida ma'naviy qoniqish hosil qiladi.Har bir bola Maktabgacha ta'lim yoshidan boshlab mehnatda ishtirok etishi zarur. Bolalar bog'chasida, oilada bajariladigan uncha murakkab bo'lmagan har bir topshiriq uning kundalik vazifasiga aylanishi kerak Mehnat bolalardan diqqat, o'tkir zehnlilik, topqirlik, bilib olgan malaka va ko'nikmalarini amaliyotda qo'llay bilish, ijodkorlik qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayonida bolalar ayrim ish ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.65 MB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.65 MB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:20 ]
Arxiv ichida: pptx