Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'limiy mashg'ulotlari

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'limiy mashg'ulotlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'limiy mashg'ulotlari - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'limiy mashg'ulotlari (amaliy mashg'ulot) Reja: Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berish shakllari. Didaktik o'yinlarning bola qobiliyati va tafakkurining rivojlanishiga ta'siri. Tasviriy faoliyatning o'yin va intellektual faoliyatga bog'liqligi. Bolalarning qurish-yasash mashg'ulotlari va uning bola psixikasiga ta'siri. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'limiy mashg'ulotlari O'quv faoliyati muammosi - yosh va pedagogik psixologiyaning markaziy mummolaridandir. Bog'cha muassasalarida bolalarni o'qitishga va ularga ta'limiy mashg'ulotlar berishga bizning mamlakatimizda boshlang'ich maktab ta'limiga tayyorlov pog'onasi sifatida qaraladi. Shu sababli Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilanganidek, bog'chadagi ta'lim uzluksiz ta'limning dastlabki bosqichidir. Nemis psixologi O.Kronning fikricha, uch yashar bola unga berilayotgan bilimni o'zlashtirishga, yani ta'lim olishga qodir. V.Shtern esa qaramaqarshi nuqtai nazarni ilgari surdi. Uning fikricha, hayotining dastlabki olti yilida bola olgan bilimlar o'ziga xos tarzda egallanadi. Bog'cha bolasi hali o'qish uchun anglanilgan irodaga ega emas, maktab o'quvchisi uchun esa o'qish uchun berilgan materialni ongli tarzda o'zlashtirish niyati va bu bilimlardan o'zining kelajagi uchun mulk sifatida foydalanish, butun holicha saqlab qolish istagidir. V.Shtern bog'cha bolasi ayni buguni bilan shunchalik mashg'ulki, ertangi kun, kelajak uchun biror-bir narsani egallash istagidan uzoqdir, deydi. Uning o'qishi boshqa faoliyatning mahsuli hisoblanib, tevarak- atrofdan olgan taassurotlarni ongsiz tarzda tanlash asosida hosil bo'ladi. J.Piaje bolaning ijtimoiylashuvi jarayonida (yashash sharoitiga moslashish) intellekt operatsiyalari strukturasi rivojlanishi sodir bo'ladi, deydi. Tobora yuqori intellektual operatsiyalar (konkret operatsiyalar, formal operatsiyalar, invariantlilik, munosabatlilikva boshqalar) paydo bo'lishi va rivojlanishi o'z qonuniyatlariga ega. ta'lim faqat aqliy o'sishni tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin, lekin unga tabiiy ta'sir etmaydi. J.Piaje va uning izdoshlari, masalan, agar bolada mantiqiy operativ tafakkur qaror topmagan bo'lsa, fikrlashga o'rgatishdan mani yo'q, deydi. ta'lim bola rivojlanishi qonuniyatlariga bo'ysunishi lozim. L.S.Vigotskiy bog'cha bolasining psixologik xususiyatlarini pedagogik ta'sir mohiyatining analizi bilan uzviy bog'liqlikda o'rganib bordi. Bog'cha davrida o'qitishning ahamiyatli tomonlaridan biri, deydi Vigotskiy. Shunday qilib, xorij va rus psixologlari maktabgacha ta'lim muassasalarida beriladigan ta'limga va ta'limiy mashg'ulotlarga katta etibor beradilar. O'quv faoliyati shakllanishining dastlabki xususiyatlari Hayotning dastlabki uch yilida bola onasi yoki boshqa kishilar masalan, tarbiyachi dasturi bo'yicha emas, balki go'yoki o'zining dasturi bo'yicha o'qiydi. Bu davrda bolaning u yoki bu bilim va ko'nikmalarini o'zlashtirishi muhlatiga alohida talablar qo'yilmaydi. Ilk bolalik davrida tarbiya dasturi hali subyektiv tarzda bola uchun mavjud emas. Sistematik o'qishga layoqatli bo'lgunga qadar u tayyorlov bosqichini bosib o'tadi. Bu bosqichda chetdagi boshqa kishilarning bolaga nisbatan yangi talablari asta-sekin uning o'z dasturiga aylanishi lozim. Bog'cha yosh davrining oxirlariga boribgina, bola kattalar tomonidan ishlab chiqilgan dastur bo'yicha o'qiy boshlaydi va maktab talablariga asta amal qila boshlaydi. L.S.Vigotskiyning fikri bo'yicha bog'cha yosh davri ta'lim dasturi: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 95.38 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:20 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 95.38 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga