Maxsus maktabgacha ta'lim tizimida korreksion ishlar samaradorligini oshirish yo'llari

Maxsus maktabgacha ta'lim tizimida korreksion ishlar samaradorligini oshirish yo'llari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maxsus maktabgacha ta'lim tizimida korreksion ishlar samaradorligini oshirish yo'llari - rasmi

Material tavsifi

Maxsus maktabgacha ta'lim tizimida korreksion ishlar samaradorligini oshirish yo'llari Reja: Maxsus maktabgacha ta'lim tizimida korreksion ishlar mazmuni Maxsus maktabgacha ta'lim tizimida korreksion ishlar samaradorligini oshirish yo'llari Maxsus maktabgacha ta'lim tizimida korreksion ishlar mazmuni Maxsus maktabgacha ta'lim tizimida korreksion ishlarga doir bir qancha vazifalar tovush talaffuzi, surati, diksiya, tasviriylik vam ifodalilikni shakllantirishning asosiy yo'li ishning frontal shaklidir. Bundan bolalar bog'chasining hamma guruhlarida foydalaniladi. Bu ish avvalo mashg'ulot formasida amalga oshiriladi va unga har xil mazmundagi mashqlar kiritiladi. Tovush talaffuzi, nutqda nafas olish, eshitish mashqlari har kuni olib boriladi. Bazi mashqlar nutq o'stirishga oid boshqa mashg'ulotlar jumlasiga kiritiladi. Kichik guruhlarda bolalar bilan olib boriladigan ishlar frontal tarzda hamma bolalar bilan o'tkaziladi. Shuningdeq individual tarzda ham olib boriladi. Bolalar bilan yil davomida undosh tovushlardan p, b, m, n, t, d, q q, g, f, v, n sirg'aluvchi s, z unli tovushlardan a, o, u, i, o', e larni tallafuzi nutq orqali nafas olish, eshitish idrokini, nutq apparatining harakatini, nutq apparatini rivojlantiruvchi shovqinli tovushlarni talaffuz etishga tayyorlash ishlari olib boriladi. Tovushlarni mustahkamlash mashqlarini boshqa mashg'ulotlarga qo'shib olib borib, uning tarkibiy elementi yoki maxsus qismi sifatida kiritish mumkin. Masalan: mashg'ulotlarning birinchi qismida «Qo'g'irchoqni uxlatamiz» didaktik o'yin o'ynalsa, ikkinchi qismida eshitish idrokini o'stiradigan mashqlar bajariladi. «Ovozidan top» o'yin o'ynaladi (4-5 daqiqa) eshitish nutqini, diqqat bilan eshitishni, nafas olishni, nutq apparatining harakatini rivojlantiruvchi mashqlar ertalabki, kechki soatlarda, sayr vaqtlarida o'tkaziladi. O'rta guruhda qiyin tovushlarni talaffuz qilishga o'rganish maxsus mashg'ulotlari bir necha qismdan iborat, bir mazmunga birlashgan holda tuzib o'tkazish yaxshi natija beradi. Masalan: mashg'ulotlarning birinchi qismida bolalar oldiga o'quv vazifasi qo'yiladi. - sh tovushni aytishga o'rgatish: bunda tovush artikulyatsiyasi ko'rsatiladi, tushuntiriladi va bolalarga mashq qildiriladi. mashg'ulotning ikkinchi qismida esa bolalar shu tovushning talaffuzini so'zlarda (shamol, shahar, eshiq mushuq bosh, tosh, yo'ldosh) mashq qiladilar. Bu qism didaktik o'yin, dramalashtirilgan hikoya, instsenirovka shaklida berilishi ham mumkin. Nutqning tovush madaniyati ustida ishlash katta va tayyorlov guruhlarida davom ettiriladi. Sistemali ravishda olib borilgan ishlar natijasida maktabga tayyorlov guruhidagi barcha bolalarda ona tilidagi hamma tovushlarni to'g'ri talaffuz etadigan bo'lishlari lozim. Lekin shunga qaramay, katta va tayyorlov guruhlarida ham mashg'ulotlar hamma bolalar bilan frontal tarzda o'tkaziladi. Bunda maxsus mashg'ulotlarning maqsadi o'zgaradi. Bunda bolalar tovushlarni to'g'ri talaffuz etishni mashq qiladilar va ularda nutqdagi tovush madaniyatining boshqa tomonlari (turli ovoz kuchidan, turli nutq suratidan foydalana bilish) tarbiyalanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarga turli nutq tovushlari: sher o'qish, tez aytish, so'zlar, maqolalar, sanoqlar qayta hikoya qilish, suratlarni ifodalash asosida tovushlarni to'g'ri talaffuz etishni mashq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.6 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.6 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga