Maxsus psixologiya fanining maqsad va vazifalari

Maxsus psixologiya fanining maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maxsus psixologiya fanining maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Maxsus psixologiya fanining maqsad va vazifalari Reja: 1. Maxsus psixologiyaning maqsad va vazifalari 2.alohida yordamga muhtoj bolalar 3. Maxsus psixologiyaning fanining boshqa fanlar bilan bog'liqligi. Maxsus psixologiyaning maqsad va vazifalari Psixologiya, degan edi L.S.Vigotskiy, - birinchidan, konkret, amaliy bo'lib - ta'lim va tarbiya, bolaning rivojlanishi, mehnat faoliyati haqidagi fan bo'lmog'i lozim. Faqat shu vazifagina psixologiyani tirik va kerakli fanga aylantirishi mumkin. Psixologiya umuman ruhiyatning, xususan inson ruhiyatining namoyon bo'lishi, rivojlanishini o'rganuvchi sohadir. Psixologiya ongli subyekt - insonning ichki dunyosini o'rganadi. Psixologiya atamasi psixe - qalb, logos - o'qish, so'z manosini bildiradi. Ammo bu qisqa jumla inson ruhiyati haqida etarli ma'lumot bermaydi. Psixologiya fanining mavzu bahsini ruhiyatni to'laroq tasavvur qilish uchun ruhiy jarayonlarning kechish mohiyatini, ichki kechinmalarning (sezgilar, fikrlar, hissiyotlar) namoyon bo'lish qonuniyatlarini tushunish lozim. Shu o'rinda kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida psixologiya sohasida erishilgan yutuqlarni eslab o'tish joizdir. Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino birinchi bo'lib, psixik funksiyalar miyadagi malum markazlar faoliyatiga bog'liq degan fikrni ilgari surdi va uni ilmiy isbotlashga urindi. Uning fikricha, jonivorlar va insonlar, o'simliklar dunyosidan farqli o'laroq, tashqi ta'sir kuchlarini hissiy idrok etish qobiliyatiga ega. Bu qobiliyat uch xil kuch orqali namoyon bo'ladi: tanani harakatga keltiruvchi, harakatlantiruvchi kuch, umumiy kuch (u ko'rish, eshitish, his etish, tam va hid bilish faoliyati bilan bog'liq) va aql kuchi (unga xayolot, xotira va aql-idrok kiradi). Mana shu kuchlarning har biri, miyaning malum qismi bilan bog'liq hamda bosh miya biron qismining kasallanishi uning bilan bog'liq, kuch faoliyatining ishdan chiqishiga sabab bo'ladi. Ibn Sino Tib qonunlari ning uchinchi kitobida tafakkurga etadigan zararlar va buning natijasida kelib chiqadigan kasalliklar haqida ham keng ma'lumot beradi. U asablarning asosiy vazifasi miya bilan turli xil sezgi va harakat organlari o'rtasida aloqani amalga oshirishdan iborat ekanini yaxshi tushungan. U sezgi organlari bilan asablar vositasida tashqi muhitning moddiy realligi idrok qilinishini asablarning biologik va fiziologik funksiyalarini ajratib ko'rsatib beradi. Asablarning foydasi ikki tomonlamadir. Birinchisi bevosita foyda: masalan, miya asablar vositasida hislar va harakatlarni boshqa organlarga etkazadi; ikkinchisi bilvosita foyda: masalan, etni mahkamlash va tanaga kuch bahsh etish. Abu Nasr Forobiyning takidlashicha, bilish nazariyasi, yani insonning bilishini, ruhiy qobiliyatini miya boshqaradi, yurak esa barcha a'zolarni hayot uchun zarur bo'lgan qon bilan taminlovchi markazdir. Inson barcha bilimlarni tashqaridan oladi. Buning uchun ko'plab vosita va imkoniyatlarga ega: bular sezgi, xotira, tasavvur, mantiqiy fikrlash, aql va nutq - shu vositalar yordamida inson ilmlarni o'zlashtiradi. Biz so'z yuritmoqchi bo'lgan soha - Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar psixologiyasi, maxsus psixologiyaning bir tarmog'i bo'lib, aqliy jihatdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.54 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.54 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga