MTM da Axloqiy va ijtimoiy xulq-atvor asoslarini shakllantirish Reja: 1. Axloq va ijtimoiy ong tushunchasi 2. Bolalarni axloq va odob normalarini egallab olishlarida muhit va tarbiyaning tutgan o'rni 3.Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning mazmuni, tamoyillari va uslublari Axloq -arabcha xulq atvor ma'nosini bildiradi. U ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun qoidalar majmuidir. Axloq- shaxs yoki guruh faoliyatini baholash orqali jamiyatdagi munosabatlarni boshqarish mehanizmi hisoblanadi. Axloq ma'naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero axloq va axloqiy me'yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismoniy yetukligining mezoni bo'lgan ma'naviy kamolotga erishib bo'lmaydi. Axloq tushunchalari umumiy xarakterga ega. Ular alohida munosabatlarni emas hamma sohadagi munosabatlarni qamrab oladi. Bunday tushunchalar AXLOQIY KATEGORIYALAR deb ataladi. Hayotda qoida sifatida qabul qilingan talablardan kishilar o'zlariga odamlar orasidan namuna tanlaydilar. Bu namunani esa biz AXLOQIY IDEAL deb ataymiz. AXLOQIY TARBIYA-yagona ijtimoiy tarbiya jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalash mazmuni bolaning ma'naviy dunyosini uning ongini axloqiy xislatlarini shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash hamda rivojlantirishni taqazo etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Bolalarda axloqiy his tuyg'ular va xatti harakatlarni tarbiyalash 2. Xulq ma'daniyati va ijobiy his tuyg'ularni tarbiyalash 3. Axloqiy xulq atvor ko'nikmalarini shakllantirish Maktabgacha ta'lim muassasalarida axloqiy tarbiyani tashkil etishda quyidagi jihatlarga alohida e'tibor qaratish lozim: 1) kichik, o'rta va katta guruh bolalari uchun sodda elementlar axloqiy tushunchalar haqida ma'lumot berish 2) har bir o'rgatiladigan u yoki bu fazilatlarni rasmlar, multitasmalar, diopozitivlar va bolalarning jonli harakatlari orqali tushuntirish 3) bola doimiy ravishda ''nima yaxshiyu nima yomon?'' so'zining manosini anglab o'z fikrini aniq bayon etish Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari 1. Axloqqa doir tarbiyaviy ishning ma'lum maqsadga qaratilganligi 2. Ta'lim tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda yondashish 3. Axloqiy tarbiya ishini hayot va amaliyot bilan bog'lab olib borish 4. Bolalarning faolligi 5. Jamoada tarbiyalash 6. Tarbiyaviy ishning tizimliligi va izchilligi 7. Tarbiyaviy ishning ta'sirchanligi 8. Oila, MTM, davlat va nodavlat tashkilotlar hamda kattalar tarbiyaviy ta'sirining birligi 9. Boladagi ijobiy sifatlarga suyanish 10. Bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko'zda tutish. Tarbiyaning zamonaviy tamoyillari -tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi subyekt-subyekt munosabatlarining o'rnatilishidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash uslublari 1. Axloqiy ongni shakllantirish uslublari: A) hikoya b) Tushuntirish c) Estetik suhbat d) Izohlash e) Nasihat- o'git f) Ko'rsatma g) Namuna Axloqiy xulq atvorni shakllantirish uslublari: Mashq O'rgatish Pedagogik talab Mumammoli vaziyat Topshiriq Axloqiy motivatsiyani hosil qilish uslublari: Rag'batlantirish Tanbeh berish Tergash Tahsinlash Zavqlantirish E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
397.35 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
397.35 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:25 ]
Arxiv ichida: pptx