MTMda tabiat bilan tanishtirishning mazmuni (2-Amaliy mashg'ulot) Reja: 1.Bolalarning umumpsixologik rivojlanishida tabiat asosiy omil sifatida. 2.Tabiat bilan tanishtirish metodikasining vazifalari 3.Tabiat haqidagi beriladigan bilimlar mazmunining bolalar yoshiga mos kelishi zarurligi. Tabiat bilan tanishtirish prinsiplari. Tabiat bilan tanishtirish dasturining tuzilishi. Bolalarning umumpsixologik rivojlanishida tabiat asosiy omil sifatida. Tabiat - bitmas-tuganmas xazinadir. O'simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning to'g'ri o'sib shakllanishida, tabiatda bo'ladigan voqeahodisalarning sir-asrorini o'rganib voyaga yetishida katta manba bo'lib xizmat qiladi. I.P.Pavlov ta'limotiga ko'ra, insonning tabiatdagi narsa va hodisalardan olayotgan ta'siri birinchi signal sistemasini, ularni ifodalovchi so'z esa, ikkinchi signal sistemasini hosil qiladi. Bilishning hissiy tomoni birinchi signal sistemasi bilan bog'liq, bu ko'rgazmali, obrazli tafakkurga asoslangan bo'lib, miya po'stlogidagi muvaffaqiyatli bog'lanishni o'z ichiga oladi, ya'ni tashqi dunyodagi narsa va hodisalarni sezishda, idrok qilishda va tasavvurda bevosita aks etadi. Bilimning ratsional tomoni, abstrakt tafakkur, ya'ni tushunchalarning hosil bo'lish jarayoni ikkinchi signal sistemasi bilan bog'liqdir. Ikkinchi signal sistemasi tashqi dunyo bilan faqat birinchi signal sistemasi orqali aloqa olib boradi, shuning uchun tafakkur sezgi va idroksiz bo'lish, biron narsa haqida aniq tasavvurga ega bo'lmay turib tushuncha hosil qilinishi mumkin emas. Hissiy bilimning fiziologik asosi - ko'rish, eshitish, hid bilish, teri, harakatlantiruvchi va boshqa analizatorlarning birgalikdagi faoliyatidir - degan edi I.P.Pavlov. O'zlashtirishda qancha ko'p analizatorlar birgalikda ishtirok etsa, tasavvur va tushuncha shunchalik aniq, boy va ma'noli bo'ladi. Demak, bolalarni tabiat bilan tanishtirish asosiga birinchi navbatda ko'rgazmalilikni qo'yish kerak, ya'ni narsa va hodisalar ularaing sezgi a'zolariga bevosita ta'sir etishi, bolalar narsalarni ko'rib, qo'l bilan ushlab ko'rishlari, eshitib, hidlab ko'rishlari, ta'mini tatib ko'rishlari, ya'ni ularning xususiyatlarini seza bilish imkoniyatlariga ega bo'lishlari shart. Uyda, sayrda, o'yinlarda va mehnatda, tabiatdagi narsa va hodisatarni bolalarga ta'sir etishi natijasida ularda seza bilish tajribalari to'planib boradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bog'chaga ketayotganlarida ko'chadagi ob-havo sharoiti (sovuq, issiq, iliq va namlik)ni seza oladilar. Qo'llarini yuvganlarida, cho'milish vaqtida, o'yinlarda suvning xususiyatlarini (sovuqligi, iliqligi, sachrashi, toshlarning suvda cho'qishi yoki yog'ochning so'zib yurishi)ni payqay oladilar. hayvonlarni parvarish qilishda esa ularning harakatlarini, odatlarini bilib oladilar. Bola tabiat bilan yaqin munosabatda bo'lishi natijasida, undagi narsa va hodisalarni yaqqol ko'rib, idrok qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Lekin ko'pincha bola narsalarni payqamay qolishi yoki muhim bo'lmagan tomonlarga diqqat qilib, idrok qilgan narsalarini noto'g'ri tasvirlashi mumkin. 3-4 yoshdagi bola uchayotgan qushlarni hamma vaqt ham sezmasligi mumkin. hayvonlarni uchratganda u birinchi navbatda uning kattaligiga e'tibor beradi, akvariumda so'zib yurgan baliqni ko'rsatib uni «yuryapti» yoki «qanotlarini silkityapti», - deb aytadi. Bundan ma'lum bo'ladiki, bolani tabiat bilan tanishtirishda unga hodisa yoki narsani ko'rsatishning o'zigina ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
318.98 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
318.98 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:25 ]
Arxiv ichida: docx