Mushaklar holatini boshqaruvchi o'yinlar Reja: Diqqat-e'tiborni faollashtiruvchi mashqlar. Tinglash qobiliyatini rivojlantirish mashqlari. Sanoq mashqlari. Mushaklar holatini boshqaruvchi o'yinlar Suv bilan o'ynash. (68 o'lchovdagi harakatlantiruvchi ixtiyoriy kuy). Bolalar polda xuddi qirg'oq bo'yida o'tirganday o'tiradilar, qo'llar tushirilgan suv bilan o'ynashadi: qo'llar mayin harakatlar bilan yon tarafga va kuraklarni yaqinlashtirgan hamda gavdani bir oz orqaga og'dirgan holda orqaga ochiladi so'ngra xuddi suvni qamrab olganday bilaklar boshlang'ich holga qaytaradilar. Qo'llar bilaklar bilan sekingina suvga uradi. Mayin harakatlar jadalligini bolalarning o'zlari belgilaydilar. Tarbiyachi bolalarga yozda iliq suv bilan o'ynashishning juda yoqimliligini va suvning quyosh nurlarida yarqirashini eslatib, ularning tasavvurlarini faollashtiradi shu bilan birga ichki holatni yumshatadi. Harakatlar ifodali va samimiy bajarilishi kerak. Shabada va shamol (L.Betxoven musiqasi). Qo'shnilarning yon tomonga ochib ko'tarilgan qo'llari bir-biriga tegib ketmasligi uchun barcha bolalar bir tomonga yuzlangan holatda xona bo'ylab erkin joylashadilar. «Shabada daraxt shoxlarini ohista silkitadi» - bolalar ikkala qo'llarini oldinga bir o'ngga, bir chapga olib boradilar va sekinlik bilan ularni to'g'riga va yuqoriga ko'taradilar. Harakatlar mayin bajariladi. Xuddi shu harakatlar qo'llarning yuqoriga ko'tarilgan holatida ham bajariladi. «Shamol ko'tarildi» - bolalar qo'llarini bir gal o'ngga, bir gal chapga kuchli silkitadilar. «Shamol bosilyapti» - bolalar qo'llarini sekin-asta pastga tushrib borib 1-raqamli harakatni bajaradilar. Bunday mashqlar yelka, tirsak, panja va barmoqlardagi zo'riqishni yumshatishga qaratilgan. «Yaproq-barmoqlar shamolda yengil tebranishlari lozim». Quvnoq oyoqchalar (Ixtiyoriy raqs kuyi). Bolalar qo'llarini bellariga tiragan holda stullarda o'tribdilar, tirsaklar ko'tarilgan, o'ng oyoq ko'tarilishda yengilgina bukilib, tovon yerga tiraladi, oyoq uchi tepaga qaratilgan, barmoqlari erkin holda; keyin podyem tiklanadi, oyoq barmoqlarning uchigacha polga tegib turadi va ikkinchi oyoqga tegib turadi; endi barcha harakatlar chap oyoq bilan va nihoyat ikkala oyoq bilan birgalikda bajariladi. Golenostop bo'g'inlarini bo'shashtirish mashqlari Qumga rasm chizamiz. Bolalar zal bo'ylab erkin holatda joylashadilar va polda oyoqlarini qovushtirib o'tiradilar, qo'llar pastga tushirilgan. O'ng va chap qo'l barmoqlarining uchi bilan bolalar qumda uzun to'g'ri chiziq chizadilar (yoki pol ustida). Mayin harakatlanish bilan o'ng qo'l o'ng tarafga ochiladi, keyin boshlang'ich holatga keltiriladi, aynan shu harakatlar chap qo'l bilan xam bajariladi; endi o'ng qo'lni o'ngga va orqaga ochib borib, qumda, iloji boricha uzoqroq masofada, aylana chizig'ini chizadilar, bunda tana va bosh o'ng tomonga burilgan, ko'zlar esa qo'l harakatini kuzatib turadi. Bajarilgan barcha harakatlar endi chap yo'nalish bilan takroran bajariladi, bolalar o'zlari tanlaganday mayda doirachalar chizadilar. Rasm chizilib bo'lganidan so'ng qo'llar pastga osilib turadi. Bunday mashqlar yelka, tana va bo'yin qismlardagi zo'riqishni yo'qotadi. Diqqat-e'tiborni faollashtiruvchi mashqlar. Bu mashqlar ko'rish va tinglashni qo'zg'atuvchi tezkor va aniq reaksiyalarni tarbiyalaydi, xotiraning barcha shakllarini: nigohdagi, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
65.83 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
65.83 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:26 ]
Arxiv ichida: docx