Nutq o'stirish bo'yicha ishlarni rejalashtirish Maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyachisi faoliyatida ta'lim-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va uni amalga oshirish juda muhim bosqich hisoblanadi. Rejada umumiy pedagogik-psixo- logik vazifalar bilan bir qatorda, maxsus vazifalar ham o'z aksini topadi. Savodli rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan islilarning o'z vaqtida bajarilishi bola nutqigagina emas, balki uning har tomonlama rivojlanishiga ham ta'sir etadi. Ishlarni rejalashtirishning asosiy manbayi - bu davlat ta'lim standard va 'Bolalarni rivojlantirish, maktabga tayyorlash tayanch dasturi hisoblanadi. Ularda turli yosh guruhlaridagi bolalar faoliyat turlaridagi tarbiya maqsadi, bilimlar hajmi va darajasi, hosil qilinadigan ko'nikma va malakalar ko'rsatilgan. Shuningdek, bolaning tug'ilganidan yetti yoshgacha bo'lgan davrida jismoniy, aqliy, axloqiy, nafosat tarbiyasini amalga oshirish bo'yicha taxminiy ish mazmuni ham o'z aksini topgan. Nutq o'stirish bo'yicha ishlarni rejalashtirishda bolalar tomonidan ona tilini o'zlashtirish qonuniyatlarini hisobga olish zarur. Bolalar tomonidan atrofdagilarning nutqini tushunish va uni idrok qilish uning nutq organlari muskullarining mashq qilinganligiga bog'liq bo'lib, bolalarning tovush madaniyati bo'yicha nutqiy faolligini oshirish mashg'ulotlaridagina emas, balki mashg'ulotdan tashqari vaqtlarda ham rejalashtirilishi lozim. Artikulatsiya appararining aniq va to'g'ri harakati nutq aniq, ifodali, mazmunli bo'lishining asosi hisoblanadi. Bolalar bog'chasida ona tilini o'rgatish dasturi maktabdagidan farq qilib, bog'cha bolalariga jonli so'zlashuv nutqi amaliy o'rgatilib, ular o'z nutqlarini kattalarning nutqlariga, badiiy adabiyot asarlarining til namunalariga taqlid qilish orqali egallaydilar. Nutqni tushunish va bolalarning fikr yuritishini rivojlantirish bo'yicha mashg'ulotlarni rejalashtirishda ularning hissiy tasavvurlariga tayanib, tevarak-atrofni o'rab olgan obycktlar va hodisalar bilan tanishtirish ni so'z bilan bog'lab olib borislmi nazarda tutmoq zarur. Bunda, albatta, tanishtirish, tushuntirish nietodlaridan foydalanib. hodisalarning o'zaro bog'liqligi, munosabatlari hisobga olinadi. Chunonchi: predmetlarni kuzatish va tekshirish, o'yinchoqlarni va illustratsiyalarni (rasmlarni) ko'rib chiqish, o'simlik va hayvonot dunyosini, tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini kuzatish va hoka'zolar bolalarning savollari, tarbiyachining ko'rsatishi, tushuntirishi, hikoya qilib berishi, badiiy asarlarni o'qib berish, topishmoqlarning javobini topish, xalq maqollaridan foydalanish kabi usullar yordamida rejadagi ishlar amalga oshirib boriladi. Nutq o'stirish mashg'ulotlarida, ayniqsa, bolalarning badiiy asarlarni o'qib, hikoya qilib berishlariga katta ahamiyat beriladi. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berishga o'rgatish va ularni sahnalashtirish, she'rni yod oldirish tarbiyachiga katta mahorat va mas'uliyat yuklaydi. Mualtif tomonidan badiiy asar mazmuni qanchalik yorqin ifodalangan bo'lsa, unda ishtirok etuvchilarning nutqlari (gaplari) bolalarga ifodali, mazmunli yetkazilsa, u bolalarni hayajonlantiradi, his-tuyg'ularining rivojlanishiga, asar qahramonlari bilan bo'ladigan voqealarning uzoq esda saqlanishiga, lug'atining boyishiga hamda nutqining grammatik jihatdan to'g'ri shakllanib borishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bolalar hech qanday qiyinchiliksiz tarbiyachining asar yuzasidan bergan savollariga javob bera oladilar, ayrim so'zlarni, jumlalarni takrorlaydilar, qahramonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini xarakterlab bera- dilar, tarbiyachiga taqlid qilib, ularning ovozini o'xshatishga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.74 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.74 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:29 ]
Arxiv ichida: docx