Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsad va vazifalari Reja: «Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi» fanining boshqa fanlar bilan uzviy bog'liqligi. Bolalar nutqini o'stirishning predmeti maqsadi va vazifalari. Bolalar nutqini rivojlatirishning tashkiliy pedagogik va metodik ishlari. «Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi» fanning boshqa fanlar bilan uzviy bog'liqligi. Bolani har tomonlama rivojlantirish uning insoniyat tajribasi, bilimlari, qobiliyati va madaniyatining saqlovchisi bo'lgan kattalar bilan muloqoti tufayli insoniyatning ko'p asrlik tajribasini o'zlashtirish asosidagina amalga oshiriladi. Bu tajribani faqat insoniy muloqotning eng muhim vositasi - til orqaligina berish mumkin. Til - hayotimizning ajralmas qismi bo'lib, biz unga o'z-o'zidan bo'lishi shart bo'lgan narsa sifatida qaraymiz. Tilning o'zi nima, biz unda qanday so'zlayapmiz, biz qanday qilib so'zlashni o'rganishimiz haqida esa unchalik ko'p o'ylab ham o'tirmaymiz. Bilimni uyushtiruvchi boshlang'ich bosqich sifatida chiqadigan nazariya tilda shakllanadi, bu esa bilish jarayonida tilga alohida o'rin beradi va shu bilan til haqidagi fan oldida yangi ilmiy ufqlarni ochadi, uni o'zining gumanitar mohiyati haqida orzu-xayollarga berilgan holda doimo tinch-osuda va jimgina o'tiradigan burchagidan chiqishga majbur qiladi. Ana shu nuqtai nazardan «Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi» fani bilan quyidagi fanlar o'rtasida yaqin aloqadorlik mavjud: Umumiy pedagogika - ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o'rganadigan fan. Nutq madaniyati - bu to'g'ri so'zlay olish, yani nutqiy muloqot shartlari va fikr bildirishdan ko'zlangan maqsadni hisobga olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan intonatsiya, lektsik zahira, grammatik shakllardan) foydalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir. Bolalar psixologiyasi - shaxsda ma'naviy-axloqiy, ruhiyintellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi. Maktabgacha pedagogika - maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o'rganadi. Etika - shaxs ma'naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma'naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o'rin tutuvchi nazariy g'oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o'rin tutadi. Estetika - shaxs tomonidan go'zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo'nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi. Fiziologiya - o'quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang'ich asoslarni beradi. gigiyena - bolalarning salomatligini muhofazalash, ularni jinsiy jihatdan to'g'ri shakllantirishda nazariy va amaliy g'oyalari bilan yordam beradi. Falsafa - shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g'oya, qarash hamda ta'limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi. Bolalar adabiyoti va adabiyotshunoslik asoslari - ta'limtarbiya jarayonlarini rivojlantirish, xalq maktabgacha pedagogikasi g'oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo'naltiriladi. Madaniyatshunoslik - bolalarda insoniyat tomonidan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:42:16
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.41 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:42 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.41 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:29 ]
Arxiv ichida: doc