Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar

Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar

O'quvchilarga / Pedagogika
Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar - rasmi

Material tavsifi

Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar Reja: 1. Nutqning to'liq rivojlanmaganligi sabablari 2. Nutqning to'liq rivojlanmaganligini bartaraf etishda korreksion-pedagogik ish tizimi Nutqning to'liq rivojlanmaganligi sabablari Pedagogik fan sifatida logopediyada «nutqning to'liq rivojlanmaganligi» tushunchasi, eshitish va intellekti normada bo'lgan bolalarda barcha nutq kamponentlarining shakllanishi buzilishi bilan xarakterlanuvchi nutq kamchiligiga nisbatan qo'llaniladi. «Nutqning to'liq rivojlanmaganligida nutqning kechroq paydo bo'lishi, lug'atning kambag'alligi, agrammatizm, talaffuz kamchiliklari kuzatiladi.» Nutqning to'liq rivojlanmaganligi tushunchasi bola nutqi rivojlanishining aniq holatidan kelib chiqqan holda, o'zining etilogiyasi bo'yicha nutq rivojlanmaganligining turli xil ko'rinishlariga yagona pedagogik yondashuv imkoniyati haqidagi ilg'or nuqtai nazarga asoslanadi. Nutqning to'liq rivojlanmaganligi termini nutq rivojlanishi buzilishiga g'oyat chuqur yondashuvni ifodalaydi va uni tahlil qilish pedagog zimmasidadir. Bunday yondashuv mutaxassisdan katta umumbiologik va tibbiy malakani talab qiluvchi, nuqson tuzilishini patogenetik jihatdan tahlil qilishni talab qilmaydi. Biroq pedagog-logoped uchun kim bilan ishlashi, to'liq rivojlanmaganlik qay yo'sinda paydo bo'lgani, nutq rivojlanishi tempiga qo'shilib keluvchi nevrologik buzilishlar, genetik belgilar, psixik faoliyat va bola shaxsining xususiyatlari, dori-darmonli davolanishning bor yoki yo'qligi va boshqa omillarning qanday ta'sir etishi ma'lum ahamiyatga ega. Bular pedagogning shifokor bilan birgalikdagi ishi jarayonidagina aniqlanishi va tahlil qilinishi mumkin. Nutq ma'lum bir biologik shart-sharoitlar mavjudligida va eng avvalo markaziy nerv tuzilishning normal rivojlanishi va ishlashida yuzaga keladi. Biroq nutq muhim ijtimoiy funksiya hisoblanadi. Shu sababli uning rivojlanishi uchun biologik shart-sharoitlarning o'zigina Etarli emas, u bolaning kattalar bilan muloqotga kirishishi jarayonida yuzaga keladi. Bunda bolaning hissiy jihatdan yaqin kishisi bilan (onasi) muloqoti Etakchi ahamiyatga egadir. Muloqot ehtiyoji bolaning atrofdagi odamlar bilan aloqaga kirishishi jarayonida shakllanadi. U bola hayotining dastlabki ikki oyida, uning birlamchi organik talablari va yangi tassurotlarga ehtiyoji negizida yuzaga keladi. Muloqot vositalari ichida ekspressiv-mimika, predmetli-harakat va nutqiy vositalar ajratiladi. Bola hayotining birinchi yilini nutqgacha bo'lgan davr deb nomlaymiz. Bunda kattalar bilan muloqot ekspressiv-mimika va predmetli-harakat vositalari yordamida amalga oshiriladi. Aynan shu davrda bolada jismoniy obyekt tovushlariga qaraganda inson ovozi tovushlarini turg'un, tanlab ta'sirlanishi shakllanadi. M.I. Lisina bu holatni jajji odamchaning muhim ehtiyojlarini ifodalashi - muloqotdagi ehtiyojlari sifatida baholaydi. Bola nutqining yuzaga kelishi va rivojlanishida muloqotning hal qiluvchi rolini gospitalizm tekshiruvlari isbotlaydi. Rag'batlantiruvchi insoniy muhit (oila, bolalar guruhi va h.k.) dan bolani ajratib qo'yish deprivatsion vaziyat sifatida o'rganiladi. Bu vaziyat bolaning psixik rivojlanishiga sekinlashtiruvchi omil sifatida ta'sir qiladi. Agar bu vaziyat uzoq davom etsa psixik deprivatsiya holati yuzaga keladi. Nutq rivojlanishiga, ayniqsa hissiy deprivatsiya yomon ta'sir ko'rsatadi. Bunda bola tug'ilganidan boshlab uning affektiv ehtiyojlari (suyish, erkalash, yaxshi ko'rish) qondirilmaydi. Bunday vaziyat ko'pincha otaonalari spirtli ichimliklar ichuvchi, onasi yo'q oilalarda, bola tug'ilishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 55.7 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:29 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 55.7 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga