Nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar diqqatining xususiyatlari

Nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar diqqatining xususiyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar diqqatining xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar diqqatining xususiyatlari Reja: 1.Diqqat haqida umumiy tushuncha. 2.Diqqatning rivojlanishi. 3.Nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar diqqatining o'ziga xosligi. Diqqat haqida umumiy tushuncha Diqqat - ayrim predmet va hodisalarning bir vaqtda boshqalardan chetga olishda eng yaxshi aksini ta'minlovchi inson ruhiy faoliyatining xususiyati. Diqqatning asosiy vazifalari: ayni vaqtda psixologik va fiziologik jarayonlar kerakligini faollashtirish va okeraksizini to'xtatish; ehtiyojlariga ko'ra kelib tushayotgan ma'lumotni tashkiliy va maqsadli tanlab olishga yordam berish; bir xil obyekt yoki faoliyat turlarida psixik faoliyatning tanlanuvchi va uzoq bir yerga to'planishini ta'minlash. Inson diqqati besh xil asosiy xossalarga ega: turg'unlik, to'planganlik, yo'naltirish, taqsimlash va ko'lamlilik. Diqqatning turg'unligi ma'lum bir obyekt, faoliyat predmetiga chalg'imasdan uzoq vaqt ichida qarash xususiyatida namoyon bo'ladi. Diqqatning to'planganligi (qarama-qarshi xislat parishonlik) bir xil obyektlarga diqqatini qaratish va boshqalaridan ongida mavjud bo'lgan farqlarda namoyon bo'ladi. Diqqatning yo'naltirilishi, qaratilishi uni bir obyektdan boshqasiga, bir faoliyat turdan o'zga turga ko'chirilishi sifatida tushuniladi. Diqqatning yo'naltirilishi funksional ravishda ikki xil turli yo'nalishdagi jarayon bilan bog'liq: diqqatning qaratilishi va bo'linishi. Diqqatni taqsimlash uni yetarli bo'shliqqa sochish (tarqatish), parallel ravishda bir necha faoliyat turini bajarish qobiliyatidan iborat. Diqqat ko'lamliligi odamning yuqori diqqatligida (ongida), bir vaqtda saqlanishga qobiliyatli ma'lumotning miqdori bilan aniqlanadi. Ma'lum belgilarga bo'lish mumkin bo'lgan ko'pgina diqqat turlari mavjud: 1. Predmet, faoliyat materialiga ko'ra: Sensor -perseptiv; intellektual; harakatlantiruvchi; 2.Yo'nalganligiga ko'ra: - tashqi; - ichki. 3.Aks ettirilgan (ta'sir qilingan) bog'liqlik va munosabatlar xususiyatiga ko'ra: - emperik; - nazariy. 4. Yetaklovchi analizatorga ko'ra: qarash; eshitish; kinestetik. Bevosita diqqat xech narsa bilan boshqarilmaydi. Inson qiziqishlari va ehtiyojlariga to'g'ri keladigan obyektga qaratilgan diqqat bundan mustasno. Namoyon bo'ladigan diqqat - maxsus vositalar yordamida, masalan imoishoralar, so'zlar, ko'rsatish belgilari bilan boshqariladi. Ixtiyorsiz diqqat-iroda ishtiroki bilan bog'liq emas. Ixtiyoriy diqqat - iroda orqali boshqarilishini o'z ichiga oladi. hissiy diqqat - hissiyot va sezish a'zolari tanlanuvchi ishi bilan bog'liq. Diqqatning rivojlanishi Diqqat sezilarli darajada yoshga ko'ra o'zgaradigan asosiy yuqori nerv faoliyati jarayonlari rivojlanishi darajasiga bog'liq. Bola hayotining birinchi yilida qandaydir vaqt ichida u yoki bu predmet bilan shug'ullanishi mumkin, biroq bunda uning diqqati xali turg'un emas. Beixtiyor diqqat shakllanishining shu boshlang'ich davri shu bilan tavsiflanadiki, bola rang-barang narsalarni ko'rib, baland tovushlarni eshitib, vaqt o'tishi bilan yanada sust, sekin tanish bo'lgan qo'zg'atuvchilarga e'tibor berishni boshlaydi. 2 yoshga borib u narsalarni ko'rib chiqib, qo'li bilan boshqarib, uzoq vaqt ularda diqqatini to'lmaydi. Bu yoshda bolaning nutqqa ega bo'lish bilan bog'liq bo'lgan ixtiyoriy diqqat belgilari yuzaga keladi. 3-4 yoshda bolalar ko'pgina predmet va hodisalar bilan qiziqishni boshlaydi, kattalarni diqqat bilan eshitadi, soatlab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.38 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.38 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga